So’nggi yangiliklar

12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  0 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  49 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0

Igor SHkvirin: "Ikki marta hisobda oldinga chiqib g'alaba qozona olmadik" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Ikki marta hisobda oldinga chiqib g'alaba qozona olmadik"

"Olmaliq" va "Lokomotiv" ishtirokidagi bahs yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Igor SHkvirin ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda kechdi, ikki jamoa futbolchilariga ham ko'p marta sariq kartochka ko'rsatildi. Yakuniy natija haqida gapiradigan bo'lsam, o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida to'p o'tkazib yubordik. Bu esa juda alam qildi, chunki ikki ochkoni boy berdik. Lekin ikkinchi tomondan "Lokomotiv" bizga nisbatan ko'p hujum uyushtirdi va shu tomondan olib qaraganda bir ochko ishladik. Ammo ikki marta hisobda oldinga chiqib, yakunda g'alaba qozona olmadik.

Ustunlikni raqibga berish haqida

- Bu ko'proq o'yinchilarning psixologiyasi bilan bog'liq. Qanot o'yinchilarimiz doim ham faollik ko'rsata olmadi. SHuningdek, markaziy yarim himoyachilarimiz ham ko'p bora to'pni yo'qotib qo'yishdi.

Himoyachilar haqida
- Tan olaman, himoyada xatolarimiz bor va ularni to'g'rilash ustida ish olib boryapmiz. Davralar oralig'ida yaxshi himoyachi olishni mo'ljalllab turibmiz. Safimizda Gogol bor, lekin u ikki marta qizil kartochka olishga ulgurdi. Ammo uni yaxshi himoyachi deya olaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика