Igor SHkvirin: "Futbolchilarga ishonch etishmayapti"
20 avg 2017 10:44
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "Futbolchilarga ishonch etishmayapti"
- Bo'lib o'tgan bahs aynan shu ko'rinishda o'tishini futbolchilarga aytgandik. Bu jamoa asosan standart vaziyatlardan unumli foydalanishi, iloji boricha kamroq burchak to'plari va autga olib keladigan holatlarni kamaytirish va standart vaziyatlar vaqtida har bir futbolchini individual qo'riqlash yuklatilgandi. Afsuski, futbolchilar bu borada oqsashdi. Tezkor gol ham aynan standartdan kiritildi. SHu bilan birga Zafar Polvonovning bosh bilan yaxshi o'ynashi, uni ham ko'zdan qochirmaslik aytib o'tilgandi. Nimaiki, ogohlantirgan bo'lsak futbolchilar shu holatlarga biroz etiborsiz bo'lishdi. Umuman olganda futbolchilar hozircha o'z kuchiga ishonmayapti. Bir marta jarima maydoniga yorib kirishdi va bu penaltiga olib keldi.
- Sanjar Rashidov diskvalifikaciyadan so'ng yana maydonga qaytdi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qildizmi?
- Sanjarning imkoniyatlari bundanda baland deb o'ylayman. U 3 o'yinda jamoaga yordam bera olmadi. Oraliq tanaffus bilan hisoblasak, bir yarim oy maydonga tushmadi. Bugun mana shu narsa ham unga halal berdi. O'ylaymanki, u tez orada yana o'z o'yinini ko'rsata boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar