So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

Igor SHkvirin: "Eng kuchli tomonimiz - bu barqarorlik" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Eng kuchli tomonimiz - bu barqarorlik"

Oliy liganing kamsonli barqaror jamoalaridan biri hisoblangan “Olmaliq” ham boshqa elita klublari qatori yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Igor SHkvirin shogirdlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishmoqda. Yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilyapti. Murabbiylar shtabi ushbu o'yinlar orqali jamoaviy o'yinni shakllantirish, yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni maqsad qilgan. O'tgan mavsum o'rinbosarlar tarkibida o'zini ko'rsatgan yosh futbolchilardan Abdumalik Toshpo'latov, Azizbek Suyunov kabi o'yinchilar asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb qilingan. Ko'rikda bo'lgan futbolchilardan yarim Sergey Rekunga javob berildi. Yarim himoyachining harakatlari bosh murabbiyga maqul kelmagan. O'tgan yili 44 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallagan “Olmaliq” jamoasi yangi mavsumda ham bundan kam bo'lmagan natija qayd etishni maqsad qilgan. Biz “Paxtakor” akademiyasiga qarashli “CHilonzor” suniy qoplamali maydonida o'tkazilgan navbatdagi kungi mashg'ulotlardan so'ng bosh murabbiy Igor SHkvirindan intervyu oldik.

HAR YILI TAKRORLANADIGAN JARAYON

- Yangi mavsumga tayyorgarlik dasturi bo'yicha birinchi yig'inimiz 16 dekabr kunidan boshlangandi. Yangi yilgacha Olmaliqda mashg'ulot o'tkazdik. Mana hozir Toshkentda shug'ullanyapmiz. Poytaxtdagi bu yig'inimiz 30 yanvarga qadar davom etadi. Yig'in doirasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilyapti. Yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Bir so'z bilan aytganda odatdagidek tayyorgarlik jarayoni. Dastur bo'yicha ishlayapmiz. Jismoniy tayyorgarlikka katta etibor qaratilyapti. Zamonaviy futbol shuni talab qilmoqda. Kunning birinchi yarmida kuchaytirilgan rejimda jismoniy tayyorgarlikka yo'naltirilgan mashg'ulotlar o'tkazilyapti. Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsam, ayrim futbolchilar safimizni tark etishdi, ayrimlari bilan o'zimiz xayrlashdik. Bazi futbolchilarimiz boshqa klub rahbarlari ko'proq maosh taklif qilishgani uchun ketishdi. Bilishimcha, bu har mavsum boshida bo'ladigan shunchaki katta vadalar, gap-so'zlar. SHuning barobarida yangi futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazyapmiz. 30 yanvar kuni yig'inimiz yakunlanganidan so'ng kimlarni olib qolish va aksincha javob berish borasida yakuniy qarorga kelamiz. 



FARHOD TOJIEV “OLMALIQ”DA, LEKIN...

- Tajribali hujumchi Farhod Tojiev yangi mavsumga jamoamiz bilan birga tayyorgarlik ko'ryapti. Jiddiy jarohat sabab uzoq muddat maydondan tashqarida bo'ldi. Malayziya klubi tarkibida sermahsul o'yin namoyish etdi. Adashmasam, jamoasi tarkibida 17ta gol kiritgan. O'z vaqtida milliy terma jamoada ham faoliyat yuritgan. Boy tajribaga ega hujumchi, uning jamoamizga foydasi tegishiga ishonaman. Lekin uning hozirgi jismoniy holati hali talab darajasida emas. Bu tushunarli holat. Jarohat baribir o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Nazorat o'yinlarida maydonga tushiryapmiz. Fevral oyining o'rtalariga borib to'liq kuch bilan harakat qilishiga umid qilyapmiz. Bir tomondan tavakkal ham qila olmaymiz. Uning jarohati qaytalab qolishi mumkin. SHularni inobatga olib, mavsumning ilk turlarida unga katta yuklama bermaymiz. O'ylaymanki, davra o'rtalariga borib biz Tojievning xizmatidan to'liq foydalana olamiz.

VAZIYATGA REAL QARASH KERAK

- “Olmaliq” jamoasi har bir o'yinda birinchi galda o'z muxlislarini xushnud qilish uchun maydonga chiqadi. O'tgan yilgi mavsumni 6-o'rinda yakunladik. To'g'ri, bu yuqori o'rin hisoblanmasada, lekin juda past ham emas. O'tgan yili kuchli to'rtlikdan joy olib, OCHLga beriladigan yo'llanmalardan birini qo'lga kiritishni maqsad qilgandik. Lekin vazifa bajarilmadi. Buning uchun bizni urishishmadi. Mavsum yakunlari, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni muhokama qildik. Jamoalarimizning saviyasidan kelib chiqib qaraydigan bo'lsa, 6-o'rin ham yomonmas. SHunchaki, vaziyatga real qarash kerak. Oliy ligamizning kuchli to'rtligidan joy olgan jamoalar har tomonlama kuchli va baquvvat hisoblanadi. Masalan, “Lokomotiv”ning ikkita deyarli bir xil kuchga ega tarkibi bor. Jamoa bosh murabbiyi istalgan vaqtda xohlagan futbolchisini maydonga tushirish orqali o'yinni kuchaytira oladi. “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Nafaqat bizda, balki oliy liganing qolgan birorta jamoasida ham bunday imkoniyat yo'q. SHundan kelib chiqib, yangi mavsumga vazifalar qo'yiladi. Har qanday holatda ham o'tgan yildagidan kam bo'lgan o'rin bilan chempionatni yakunlashga harakat qilamiz. Aniq vazifa hamda  maqsadlar haqida hozir gapirishdan foyda yo'q va bunga hali ancha erta. Zamonaviy stadion va sifatli maydonga egamiz. Bu erda milliy terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlar ham o'tkazildi. O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Oliy ligaga o'tish o'yini ham “Olmaliq” stadionida tashkil etildi. Eski stadionimizdagidan ko'ra ko'proq tomoshabin o'yinlarni ko'rish uchun kelyapti. Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsangiz, o'z maydonimizda o'tkaziladigan o'yinlarning aksariyatida g'alaba qozonyapmiz. G'alabalar bo'lib tursa, muxlislar o'z-o'zidan ko'payib boraveradi. Sifatli maydonda sifatli futbol ham bo'ladi. Omad kuchlilarga kulib boqadi deyishadi. Lekin omadli kutib yashash ham to'g'ri emas. Mehnat va harakat qilish kerak. Mehnatsiz hech bir sohada yuqori natijalarga erishib bo'lmaydi. Ko'pchlik irim-sirimlarga ishonadi. O'ng oyoq bilan maydonga tushsak, g'alaba qozonamiz, deydi. Ayrimlar qora mushukni maydonga qo'yib yuborishadi. Bizda bunday irimlar yo'q. Hamma narsaga o'z mehnatimiz orqali erishishga intilamiz. Yangi yildagi rejalar ko'p jihatdan moliyaviy holatimizga ham bog'liq bo'ladi. SHuni mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, “Olmaliq” moliyaviy tomondan O'zbekistondagi eng barqaror klub. O'tgan mavsum yakunlari bo'yicha hech kimdan qarzimiz yo'q. Hamma futbolchilar, murabbiylar shtabi, ishchilar bilan hisob-kitob to'liq amalga oshirilgan. Ko'p jamoalarga bu borada o'rnak bo'la olamiz. Eng kuchli tomonimiz ham aynan shu – barqarorlikdir. Birgina misol, Sanjar SHoahmedov bir necha yil “Olmaliq” safida to'p tepdi. Vaqti keldi, uni yaxshigina transfer evaziga “Lokomotiv”ga qo'yib yubordik. Mana o'tgan yili u O'zbekistonning eng kuchli jamoasi safida ham yo'qolib qolgani yo'q. Aksincha, yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, to'purarlik mahoratini namoyish etgan holda jamoasining to'purari bo'ldi. Agar 2-3 yil oldin uni qo'yib yuborganimizda, bilmadim u hozirgi holatiga erisha olarmidi? Barqaror o'yin orqali futbolchi kamolotga erishishi mumkin. Yana bir misol bu – Odil Ahmedov. Faqat mehnat orqali ko'zlangan maqsadga etiladi. Men futbolchilarga bu mavzuda juda ko'p gapiraman. 



OCHLda ISHTIROK ETISH ISTAGI   

- Orzularimdan bittasi murabbiy sifatida qitamizning klublar miqyosidagi eng kuchli musobaqasi – OCHLda ishtirok etish. Biz “Olmaliq” jamoasi bilan bunga bosqichma-bosqich boryapmiz. Vaqti keladi, o'ylaymanki, albatta bu orzuim ro'yobga chiqadi. Men barqaror sharoitlarga ega klubda ishlashni yaxshi ko'raman. Futbolchilarimizga bizdan oladigan maoshidan ko'ra biroz ko'proq taklif qilishyapti. Lekin bunday holatlar avval ham ko'p bo'lgan. Katta vadalar evaziga chaqirilgan futbolchilarni ko'pini ko'rganmiz, ko'rib kelyapmiz. Barqaror o'yin namoyish et, keyin pul sening ketingdan o'zi quvib yuradi.

SALOMOV KETMOQCHI

- O'tgan mavsum tarkibimizda bir maromda o'yin namoyish etgan futbolchilardan biri SHavkat Salomov boshqa klubga o'tish istagida yuribdi. Unga takliflar bo'layotgan ekan. SHu bois, katta ehtimol bilan u mavsumni “Olmaliq”da boshlamasligi mumkin. Sport formasini ushlab turish uchun mashg'ulotda qatnashib turishni so'ragandi. Unga ijobiy javob berdik. Salomov o'tgan yili jamoamiz uchun katta hajmdagi ishni bajardi. Maydondagi asosiy figuralardan biri bo'ldi. Lekin yuqori aytganimdek, uning masalasi hali hal bo'lgani yo'q. Uning o'zi tezroq bir qarorga kelishi kerak.   

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика