Igor SHkvirin boshchiligidagi “Olmaliq” klubi himmatiga barakalla!
10 noy 2014 11:11
Yangiliklar

Igor SHkvirin boshchiligidagi “Olmaliq” klubi himmatiga barakalla!
Yurtimiz futbol ishqibozlariga malumki, baxtsiz hodisa tufayli nogiron bo'lib qolgan Kamoliddin Kenjaevga moddiy va manaviy yordam berish bo'yicha ayni paytda akciya davom etmoqda.
7 noyabr kuni Qarshi shahridagi Markaziy stadionda 23-Milliy chempionatmizning so'nggi tur uchrashuvi “Nasaf” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.
SHaxsan meni qalbimni to'lqinlantirib yuborgan hodisa, o'tmishda o'zbek futboli yulduziga aylangan, hozirgi paytda yurtmizda taniqli va tajribali murabbiylardan biri – Igor SHkvirin boshchilik futbol jamoasi tomonidan o'yinga tashrif buyurgan Kamoliddin Kenjaevga katta miqdorda moddiy yordam ko'rsatildi.
Ushbu moddiy yordamni “Olmaliq” futbol klubi nomidan shaxsan Igor Anotolievichning o'zi Kamoliddin o'tirgan avtomobilga borib, Kamoliddin bilan ko'ngil so'rashib hamda yaxshi tilaklar bildirib, topshirdi.
Bu voqeani ko'rib, beixtiyor “himmatingizga barakalla do'stlar”, – deb yubordim.
Albatta, bunday bag'ri kenglik uchun Igor Anotolievich boshchilik “Olmaliq” futbol klubiga barcha vohalik futbol ishqibozlari nomidan kattadan-katta tashakkurlar izhor etamiz.
Suratlar muallifi Sardorjon Nurov.
Ziyodulla Safarov “Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz”
akciyasining Qashqadaryo viloyati bo'yicha tashkilotchisi,

Fikrlar