So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Igor SHkvirin: “Alimpievichning o'zi ketishni xohladi” Yangiliklar

Igor SHkvirin: “Alimpievichning o'zi ketishni xohladi”

Kecha “Olmaliq” “Neftchi”ga qarshi nazorat bahsini o'tkazib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan keyin “Olmaliq” bosh murabbiy Igor SHkvirin saytimizga intervyu berar ekan, serbiyalik legioner Aleksandr Alimpievichning klubdan ketganiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

-   Igor Anatolevich, mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
-   Hammasi reja asosida. Dastlab tog'da mashg'ulot olib bordik. Keyin poytaxtga tushib o'rtoqlik uchrashuvlarini boshlab yubordik. Hozircha ikkita nazorat bahsi o'tkazdik: “Mashal” va “Neftchi”ga qarshi.

-   Birinchi davrada yaxshi o'yin ko'rsatgan Aleksandr Alimpievich nima uchun jamoadan ketdi?
-   Uning o'zi ketishni xohladi. Unga bizdagi muhit va futbol yoqmadi deb o'ylayman. Xullas, Alimpievich “Olmaliq”qa moslasha olmadi va birinchi davaradan keyin jamoa bilan xayrlashdi.
 
-   Agar o'zida xohish bo'lganida uni olib qolgan bo'larmidingiz?
-   Albatta. Bunday futbolchini har qanday murabbiy o'z jamoasida ko'rishni xohlaydi.

-   SHerzod Hakimov birinchi davrada to'rtta gol urgan bo'lishiga qaramay, u ham klubni tark etdi.
-   SHerzodni o'zimiz qo'yib yubordik. U birinchi davrada to'rtta gol urgani bilan bizni unchalik qoniqtirmadi.

-   SHavkat Mullajonovning “Lokomotiv”ga o'tib ketishi nima bilan bog'liq?
-   SHavkat yil boshida yarim yillik shartnoma tuzgandi. O'sha muddat tugadi va u ham boshqa klubga ketdi.
 
-   Jamoaga qo'shilganlar haqida nima deya olasiz?
-   Evgeniy Gogol qaytib keldi, shuningdek latviyalik himoyachi Vitalis Smirnovs ko'rikdan o'tmoqda. Jahongir Jiyamurodov bilan Islombek Isoqjonov ham “Olmaliq”da qoladigan bo'lishdi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика