Igor Sergeev: "O'zbekiston belgisi” nishonini olganimdan faxrlanaman"
04 dek 2013 17:20
Yangiliklar


Igor Sergeev: "O'zbekiston belgisi” nishonini olganimdan faxrlanaman"
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev bugun "O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni sovrindori bo'ldi.
Yuksak nishonga ega bo'lgan yosh hujumchi o'z fikrlarini bayon qildi.
"Bundan yuksak darajadagi nishonni olganimdan faxrlanaman. Terma jamoamizning so'nggi yillardagi barcha yutuqlarini aytib o'tirmayman. Ularni barcha biladi. Har birimiz xalqaro maydonlarda to'p tepayotganimizda avvalo vatanimiz shanini munosib himoya qilish haqida o'ylaymiz. Yosh, epchil, kuchga to'la bo'lgan yoshlar O'zbekistonni jahon arenalarida yuksaklarga ko'tarishda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz?! Katta yutuqlarimiz hali oldinda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", - deydi "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sovrindori Igor Sergeev.

Fikrlar