So’nggi yangiliklar

10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  0 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  9 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  13 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3

Igor Sergeev: "Nasaf"ga qoyil qolish kerak, ular chiroyli futbol namoyish etishdi. Meni Mbappe yoki Rafinya bilan taqqoslash shart emas" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Nasaf"ga qoyil qolish kerak, ular chiroyli futbol namoyish etishdi. Meni Mbappe yoki Rafinya bilan taqqoslash shart emas"

O'zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Igor Sergeev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Nasaf"ga qarshi o'yin qanday taassurot qoldirdi?

- Yaxshi va ochiq o'yin bo'ldi. Guvohi bo'lganingizdek, gollar u yoqdan-bu yoqqa kiritilaverdi. Menimcha, "Nasaf" 3:6 hisobida yutqazgan bo'lsa-da, O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Ular juda chiroyli futbol namoyish etishdi. Rostdan ham, qoyil qolish kerak. Chin dildan xursandman. Ular uchun emas, shunchaki bor gapni aytayapman. Xudoga shukur, imkoniyatlarimizni golga aylantirdik. Diqqatimiz jamlangan edi. G'alaba qozondik, muxlislarni xursand qildik. Xudoga shukur, uchta gol urdim. Oldinga intilishda davom etamiz.

- Bugun xet-trik qayd etdingiz. Qolaversa, uzoq masofadan Bekxem uslubida gol urishingiz mumkin edi...

- Bazida biror holat o'xshaydi, bazida o'xshamaydi. Harakat qildim, lekin aynan o'sha paytda omad menga kulib boqmadi, deyish mumkin. Aytmoqchimanki, eng muhimi - g'alaba qozondik, eng muhimi - gol urdim.

- Biz yaqinda bo'lib o'tgan El Klassikoga o'xshash o'yin ko'rdik. Lekin "Real" muxlisi ekanlingizi inobatga olib, sizni o'sha bellashuvdagi qaysi yulduzga qiyoslash mumkin: Mbappe yoki Rafinya?

- Yo'q, bu haqda gapirmagan bo'lardim... Meni kim bilandir taqqoslash shart emas. U erda jahon darajasidagi yulduzlar bor, shuning uchun men o'zimni hech kim bilan solishtirmayman. Agar kimdir taqqoslasa, mayli, men o'zimni taqqoslamayman. El Klasikoga kelsak, rostdan ham, o'yin chiroyli, shiddatli va qiziqarli bo'ldi. Hujum ustiga hujum bo'ldi, shuning uchun muxlislarga ham yoqqan bo'lsa kerak deb o'ylayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика