Igor Sergeev: "Men uchun har bir golning ahamiyati katta"
17 mar 2019 07:12
Yangiliklar


Igor Sergeev: "Men uchun har bir golning ahamiyati katta"
"Paxtakor" futbolchisi Igor Sergeev "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda gol muallifiga aylanganidan xursand ekanligini yashirmadi.
"Birinchi bo'limda biroz o'yinimiz chiqmadi va tashabbus nisbatan raqib tomonda bo'ldi. Tanaffusdan keyin esa o'yinimiz ijobiy tomonga o'zgardi. Gol o'tkazib yubormaslikni istagandik, ammo bu amalga oshmadi. Gol kiritganimdan va g'alaba qozonganimizdan juda xursandman.
Golimning ahamiyati? Men uchun ularning har biri muhim. Qanday hisobda g'alaba qozonishimizdan qatiy nazar gollarning ahamiyati katta", - dedi Igor Sergeev.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar