Igor Sergeev: "Men ham har bir o'yinda gol urishni juda xohlayman"
11 noy 2016 08:40
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Men ham har bir o'yinda gol urishni juda xohlayman"
"O'yin qiyin bo'ldi. Iordaniyaga qarshi bahs o'rtoqlik maqomida bo'lgani uchun taktika ham yangi edi, tarkibda o'zgarishlar ham ko'p bo'ldi. Murabbiylar qaerda xato qilganimizni tushuntirib berishadi. Eng asosiysi g'alaba qozondik", - deydi Sergeev.
- Goldan so'ng muxlislar tomon yugurdingiz...
- Golsiz seriyam juda cho'zilib ketgandi. Men hujumchiman, muxlislar mendan doim gol kutishadi. Men ham har bir o'yinda gol urishni juda xohlayman, barchadan ko'ra ko'proq istayman. Ammo bazida omad kelmaydi, bazida o'zimda ayb bo'ladi. Muxlislarning tanqidlariga tayyorman, lekin haqorat qilishsa bunga hech kim chiday olmasa kerak. Oldingi omadsizliklar uchun ulardan uzr so'rayman.
- Ko'plab muxlislar agar Sergeev Janubiy Koreyaga gol ursa va biz g'olib bo'lsak barchasini kechirishlarini aytishmoqda.
- Ko'rdingiz bugun omadim keldi va gol urdim. Xudo xohlasa Janubiy Koreyada ham gol urishga urinaman. G'alabani terma jamoamizdagi barcha xohlamoqda. Nasib qilsa yurtimizga g'alaba bilan qaytamiz.
Narzulla Saydullaev
Fikrlar