Igor Sergeev: "Mavsumni munosib yakunlash kerak"

Mirjalol Normatov
20 noya 2025, 20:59
Superliganing 29-turi doirasida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin "sherlar" hujumchisi Igor Sergeev fikrlarini bildirdi.

- O'yin qiyin o'tdi. Termadan uchib kelgandan keyin sovuq sezildi. Mavsum ham chegarasiz emas, u ham tugaydi. Qiziqarli bahs bo'ldi, biz hujumkor o'yin ko'rsatdik va "Nasaf"ga gol urishi uchun imkoniyat bermadik. Balki gol ko'p bo'lmagandir, shunda ham uchrashuv qiziqarli o'tdi. Shukurki yutdik va gol urdim. Muhimi g'alaba.

- Mavsum yakuniga oz vaqt qolmoqda. Sizga boshqa klublardan takliflar bo'lmadimi?

- Balki agentim gaplashgandir. Hozir bor e'tiborim chempionatga qaratilgan. Uni munosib yakunlash kerak. Chunki oldimizda bittagina o'yin qoldi. Keyinchalik dam olishni rejalashtiryapman. Balki boshqa klublar vakillari agentim bilan gaplashayotgandir. Biroq men agentimga bu borada meni bezovta qilmaslikni aytganman. Voqeliklardan bexabarman va bor e'tiborim shu erga qaratilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia