Igor Sergeev: "Hujumchi mashg'ulotlarda ham gol urishni istaydi"
15 iyu 2015 15:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175485_original.jpg)
![](/upload/storage/175485_220.jpg)
Igor Sergeev: "Hujumchi mashg'ulotlarda ham gol urishni istaydi"
"Jamoamiz KXDRga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'ylashimcha, ko'pchilik futbolchilar optimal formadalar. Bazilar uchun endi chempionat yakunlangan. Oliy ligada o'ynayotgan futbolchilar esa mavsumni davom ettirishmoqda. Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, ular asosan havodagi yakka-kurashlarda yaxshi o'ynashadi. Biz o'z o'yinimiz orqali o'rta chiziqdan va qanotlar orqali hujumlar tashkil etishga harakat qilamiz. Muhimi munosib tarzda o'ynashimiz kerak. Har doim ham gol urishni maqsad qilaman. Bu xoh o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsin, xoh rasmiy. Hujumchi mashg'ulotlarda ham gol urishni istaydi. Terma jamoa miqiyosida esa gol urish istagi yanada ortadi. Xudo xohlasa yana KXDR darvozasini ishg'ol etib, g'alabaga sababchi bo'ladigan gol urishga harakat qilaman. O'z imkoniyatlarimizdan imkon qadar unumli foydalanishimiz lozim. Asosiysi kim gol urishi emas, muhimi g'alaba qozonish", - deya o'z fikrlarini yakunladi Igor Sergeev.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar