Ignashevich "Orenburg" klubini boshqarishi mumkin
20 may 2019 21:20
Yangiliklar


Ignashevich "Orenburg" klubini boshqarishi mumkin
CSKAning sobiq himoyachisi va Rossiya terma jamoasida o'ynagan Sergey Ignashevich murabbiylik faoliyatini "Orenburg" klubida boshlashi mumkin.
Orenburgliklarning hozirgi murabbiyi Vladimir Fedotov mavsum yakunida "Rubin" jamoasini qabul qilishi kutilmoqda. SHunday vaziyatda Ignashevich uning o'rnini egallaydi.
O'tgan mavsum butsalarini mixga ilgan Ignashevich CSKAning yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ish yuritayotgandi. Malum bo'lishicha, 39 yoshli rossiyalik o'tgan hafta o'zining mustaqil ishlari tufayli klubni tark etgan.
Mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganda "Orenburg" 40 ochko bilan RPL jadvalida 8-o'rinda bormoqda. Mazkur klubda hamyurtimiz Vadim Afonin to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar