So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

“Iftixor” tanishtiruv marosimini o'tkazdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

“Iftixor” tanishtiruv marosimini o'tkazdi FOTOGALEREYA

Kecha 31mart kuni professionallik sari intilib borayotgan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasi mavsum oldidan o'ziga xos tadbir o'tkazdi.

Har jabhada boshqa klublaridan qolishni istamayotgan jamoa Pro-liganing bir qator etakchi jamoalari qatori futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Oltiariq tumanidagi “Osiyo” to'yxonasida o'tkazilgan tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

Tadbirda Oltiariq tuman hokimi, jamoa vice-prezidenti Xolmirza Niyozov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi raisi, jamoa vice-prezilenti Ahadjon Akbarov,  Farg'ona viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze, Oltiariq tumanida istiqomat qilayotgan faxriylar, oqsoqollar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda“Iftixor” jamoasi muxlislar klubi vakillari ishtirok etishdi.


Marosim ancha yuqori suratda boshlandi. Uni mehnat faxriysi, futbol jonkuyari, “Iftixor” jamoasi asoschilaridan biri Akramjon xoji Ergashev ochib berdi.

SHuningdek,  jamoa vice-prezidenti O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi raisi Ahadjon Akbarov hamda Farg'ona viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadzelar so'zga chiqishdi. So'zga chiqqanlarning barchasi “Iftixor” jamoasi va futbol ixlosmandlarini tadbir bilan tabriklashdi va jamoaga Pro-ligada omad tilashdi.  

SHundan keyin “Iftixor” jamoasi birinchi vice-prezidenti, klubining shu darajaga etishida o'zining katta hissasini qo'shgan Ahrorjon Ergashev so'zga chiqdi.

- Mamlakatimizda davlat tomonidan yoshlar va yoshlarning intilish va qiziqshlariga alohida etibor berayotgan, ularni har jabhada qo'llab-quvvat kelayotgan davlatimiz rahbariyatiga, yurtimizdagi fidoiy insonlarga har qancha minnatdorchilik bildisak ham kam. “Iftixor” jamoasi ham mana shunday g'amxo'rliklarga munosib javob berishni o'z oldiga yuksak maqsad qilib belgilab olgan. Jamoamiz yoshlarga berilayotgan imkoniyatdan keng foydalanib kelmoqda. Jamoamizning asosi yoshlardan iborat bo'lsa-da, qisqa fursat ichida yuksak natijalarni qo'lga kiritdi. Lekin bu bilan to'xtalib qolamoqchi emasmiz. Oldimizda qiladigan ishlarimiz ko'p. Muhtaram Prezidentimiz aytgalaridek marrani baland olgan holda ishga kirishganmiz. Jamoamiz o'z nomiga monand mamlakatimizning iftixoriga aylanishi yo'lida tinimsiz mehnat qilamiz. Kelajakdagi rejalarimiz bisyor. O'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz bosqichma-bosqich amalga oshishiga ishonaman, dedi “Iftixor” jamoasi birinchi vice-prezidenti.


Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Iftixor” jamoasining o'yinchilari tanishtirildi. SHu o'rinda aytish joizki, murabbiylar shtabi mavsum arafasida keng ko'lamdagi selekciya ishlarini olib bordi. Buning natijasida “Iftixor” tarkibiga bir qator tajribali o'yinchilar jalb etildi. Ular orasida halqaro o'yinlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan futbolchilar ham borligi jamoa muxlislarini xursand etmoqda.

Jamoa azolari bilan tanishing:
Darvozabonlar:
Ilhom Jumanov, Xurshidbek Muhammadov, Javohir Qurbonaliev.
Himoyachilar: Tursunboy Husanov, Asror Tilovoldiev, Muhiddin Yusupov, Umidjon Matmusaev, Nodir Yuldashev, Hasanboy Ergashev, Muhammadzoir Tursunov, Isroil Muxtoraliev.
Yarim himoyachilar: Said Abdujabborov, Mansur Saidov, Ilhom Aliboev, Asadbek Mamurov, Dilmuhammad Xudoyberdiev, Akmal Xolmatov, Umid Qodirov, Asadbek Komilov, Farrux Axunov, Orif Mamajonov, Sobir Hamidov.
Hujumchilar: SHerzod Hakimov, Oyatullo Muhiddinov, SHuhrat O'rinboev.

Kim nechani raqamda o'ynaydi: Ilhom Jumanov -1, Tursunboy Husanov – 4, Hasanboy Ergashev – 3, Mansur Saidov – 7, Akmal Xolmatov – 8,  Said Abdujabborov – 77, Umid Matmusaev – 13, Umid Qodirov – 11, Orif Mamajonov – 22, Sobir Hamidov – 27, SHerzod Hakimov – 90, Oyatullo Muhiddinov – 9, Muhiddin Yusupov – 14, Nodir Yuldashev – 21, Asabdek Mamurov -6, Asror Tilovoldiev – 20, Farrux Axunov – 17.



Aytgancha, tadbir boshida Toshkentdan xo'shxabar keldi. Toshkentda bo'lib o'tgan O'FA “Navro'z” kubogi musobaqasida ishtirok etgan “Iftixor” jamoasining 2004 yilda tug'ilgan o'smirlardan tashkil topgan jamoasi bronza medalini qo'lga kiritgani malum qilindi. Bu jamoa muxlislari uchun haqiqiy qo'shaloq bayram bo'ldi. Jahongir Mahkamov boshchiligidagi “Iftixor-14” jamoasi uchinchi o'rin uchun bahsda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilarini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratganini ham takidlash joiz.

SHu tariqa, “Iftixor” jamoasi tomonidan tashkil etilgan tanishtiruv marosimi yuqori notada yakuniga etdi. Jamoa azolariga mavsum davomida omad tilab qolamiz. Parvozing baland bo'lsin, “Iftixor”!


“Iftixor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика