So’nggi yangiliklar

13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  0 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  7 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  6 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3

“Iftixor” - “Paxtakor” o'yini 28 may kuni Toshkentda bo'lib o'tadi Yangiliklar

“Iftixor” - “Paxtakor” o'yini 28 may kuni Toshkentda bo'lib o'tadi

O'zbekiston Kubogining 1/8 finalidan joy olgan “Iftixor” - “Paxtakor” o'yini Toshkentda bo'lib o'tadi.

Har ikki jamoa vakillari bu borada o'zaro kelishib oldi hamda shu haqda PFLga xat bilan chiqdi. Yani, tashkilot bu kelishuvda ishtirok etmadi.

O'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yayotgan “Iftixor” klubi Oltiariqdagi stadion rekonstrukciyasi bilan mashg'ul. Rejaga ko'ra, mazkur stadiondagi ilk uchrashuv “Paxtakor”ga qarshi bo'lib o'tishi kerak edi. Stadiondagi ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida PFL komissiyasi 22 may kuni “Iftixor” stadionida bo'ldi va tamirlash ishlari yakuniga etib ulgurmagani haqida xulosa berdi.

Malumki, yangi stadionni PFL komissiyasidan tashqari xavfsizlik masalalari bo'yicha IIB komissiyasi hamda futbol uchrashuvlari translyaciyasi bilan shug'ullanuvchi tashkilot ham qabul qilib olishi kerak. Zero, 2018 yilgi mavsumdan boshlab, respublikadagi har bir stadiondan optik tolali kabellarning o'tgan bo'lishi muhim masaladir. Kubok o'yini o'tishi kerak bo'lgan 29 may sanasiga qadar bu ishlarni yakunlash so'roq ostida turgandi.

SHundan kelib chiqib, PFL “Iftixor” klubiga Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida uchrashuv o'tkazishni taklif qildi. O'z navbatida “Paxtakor” futbol klubi ham “Iftixor”ga mezbonlik taklifi bilan chiqdi. Tomonlarning o'zaro muzokarasidan keyin “Iftixor” Toshkentga kelishga qaror qildi va bu borada PFLni rasman xabardor qildi.

CHorak final yo'lida Toshkentning “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari ham uy uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bir kunda bitta shaharda ikkita futbol uchrashuvi o'tkazish mumkin emas. SHu boisdan o'yin 28 may sanasida o'tadi. Superliganing 14-turi boshqa muddatga ko'chirilgani hamda “Iftixor”ning 24 may kuni o'tishi kerak bo'lgan Pro-Liganing 11-turida dam olishi inobatga olinsa, bu holat har ikki tomonga ham halal bermaydi.  

 O'zbekiston Kubogi
1/8 final
28 may (dushanba)

19:01  “Iftixor” — “Paxtakor”

29 may (seshanba)

17:00  “Orol” - “Andijon”
19:02  “Bunyodkor” - “So'g'diyona” (live)
19:22 “Mashal” - “Surxon”

30 may, chorshanba
17:00  “Dinamo” — “Qizilqum” (live)
18:57  “Qo'qon-1912” — “Neftchi”
19:03  AGMK — “Nasaf” (live)
19:03  “Lokomotiv” — “SHerdor”

Malumot uchun, “Sport” telekanali O'zbekiston Kubogining bu bosqichdagi 4 ta o'yinini jonli ko'rsatishni rejalashtirgandi. SHulardan biri 28 mayga ko'chirildi. Sir emaski, telekanal o'z dasturlarini ikki hafta ilgari rejaga kiritadi. Endilikda PFL hamda “Sport” Toshkentga ko'chirilgan uchrashuv translyaciyasi masalasida “Sport” bilan muzokara o'tkazadi.

Hozirgacha Superliga uchrashuvlarini to'liq ko'rsatib kelayotgan telekanal rahbariyati mazkur o'zgarishni to'g'ri tushunib, bu borada ish olib borishidan umidvormiz. SHuningdek, yuzaga kelayotgan o'zgarishlar uchun futbol muxlislaridan uzr so'raymiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика