IFAB toza o'yin vaqtini ko'paytirish ustida bosh qotirmoqda
09 fev 2023 11:19
Yangiliklar
IFAB toza o'yin vaqtini ko'paytirish ustida bosh qotirmoqda
Xalqaro Futbol Associaciyasi Kengashi (IFAB) tashkilotning yillik umumiy yig'ilishida toza o'yin vaqtini oshirish bo'yicha mumkin bo'lgan chora-tadbirlar ko'rib chiqiladi.
Bu haqda IFAB matbuot xizmati xabar berdi.
Angliya Futbol Associaciyasi (FA) rahbari Debbi Xyuitt boshchiligidagi yig'ilish 4 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi. Tadbirda qo'shimcha vaqt masalasi, quyi va havaskorlar ligasi mutasaddilari, futbolchilari va hakamlariga hurmatni oshirish chora-tadbirlari ko'rib chiqiladi.
Bundan tashqari, IFAB VAR'dan foydalangandan so'ng hakamlar qarorlarini ommaga tushuntirishni sinovdan o'tkazish, shuningdek, futbolchilarda miya chayqalishida gumon qilingan taqdirda qo'shimcha almashtirishlarga ruxsat berishni muhokama qiladi.
O’xshash yangiliklar
21:51
O'zPFL 2024 yildagi shubhali o'yinlarni tekshirishni so'rab O'FA etika qo'mitasiga xat yuborgan 4
Fikrlar