Ichki hissiyot: AGMK ikkinchi o'yinda "Istiqlol"ni yutadi
25 apr 2021 13:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633629_original.jpg)
![](/upload/storage/633629_220.jpg)
Ichki hissiyot: AGMK ikkinchi o'yinda "Istiqlol"ni yutadi
Lekin ungacha Mirjalol Qlosimov shogirdlarining 27 aprelda "Al Hilol" bilan o'yini bor. O'tgan tur AGMK "SHabab Al Ahli"ni 2:1 yutgandi, kecha 1:3 yutqazdi. O'tgan tur "Al Hilol" "Istiqlol"ni 3:1 yutgandi, kecha 1:4 yutqazdi.
Demak, ikkita o'yin natijasiga ko'ra "SHabab" va "Istiqlol" o'z raqiblaridan kuchli ekan. "Istiqlol"ning 4:1 hisobdagi g'alabasi men uchun sensaciya bo'ldi. Lekin bu yutuq Tojikistonda futbol rivojlanayotganini ko'rsatib berdimi? Bir narsa deyish qiyin. CHunki "Istiqlol" bu - Tojikiston terma jamoasi degani. Jamoadagi 10ta futbolchi milliy jamoada o'ynaydi. Lekin bilishimcha, ularda boshqa klublar bu qadar kuchli emas. Hamma zo'rlarni bir joyga yig'ib "Al Hilol"niyam yutsa bo'ladi. Menimcha, AGMK keyingi o'yinda "Istiqlol"ni yutadi, har holda ichki hissiyot shunaqa deyapti.
AGMK guruhdan chiqa oladimi? Agar keyingi ikkita o'yinni yutsa, ha. Ammo bu juda qiyin bo'ladi. Jamoa "Istiqlol" bilan kechgan birinchi o'yinda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Taxminimcha, AGMK uchun "Istiqlol"ga qaraganda "Al Hilol" bilan bellashuv qiyinroq bo'ladi. CHunki bu turnirda arablardan har narsa kutish mumkin. "Istiqlol"ni esa mag'lub etsa bo'ladi. Haliyam shu fikrdaman: o'zbekistonlik futbolchilar salohiyati tojik birodarlarimiznikidan kuchli, faqat buni maydonda isbotlash kerak. Agar yana yutqazib qo'yadigan bo'lsa, unda bemalol bizda futbol ancha ortga ketibdi deyish mumkin. Bunday fikrga kelmaslik uchun esa AGMK oxirgi turda g'alaba qozonishi shart.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar