"Ichib olmaganmisiz?" Klopp uni ortga qaytarishmoqchi bo'lishgani haqida gapirdi
10 okt 2019 22:43
Yangiliklar
"Ichib olmaganmisiz?" Klopp uni ortga qaytarishmoqchi bo'lishgani haqida gapirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya"si bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke uni ortga qaytarmoqchi bo'layotganini aytdi.
"Samolyotda ketayotganimda telefonim jiringladi. Bu Vatcke edi. U menga: "Yurgen, ortga qaytishing kerak", deb aytdi. Men esa kuldim va unga xazillashmasligini aytdim. "Ichib olganmisiz? Yoki uxlayapsizmi? Qanday qilib bu g'oya miyangizga keldi? Men hali "Liverpul"da uzoq yillar ishlayman", deb javob berdim. U o'shanda qanchalik jiddiy gapirganini bilmadim-u, nima bo'lgan holatda ham men bu erda qolishga tayyorman", - dedi Klopp.
Fikrlar