Ibrohim Tomiva: "Oq-tepa" faoliyatimda yangi sahifa ochdi"
03 sen 2020 15:30
Yangiliklar


Ibrohim Tomiva: "Oq-tepa" faoliyatimda yangi sahifa ochdi"
Uchrashuvdan so'ng mahoratli futbolchi o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qizilqum"ga o'tganimdan xursandman. Buning uchun "Oq-tepa" klubi rahbarlariga va murabbiy Alisher SHog'ulomovga rahmat aytaman. Mana shu qisqa vaqt oralig'ida klub mening iqtidorimni yuzaga chiqarishga katta hissa qo'shdi. Transferni klub bilan birga amalga oshirdik. Albatta, Superliga va Pro liga o'rtasida farq katta. Superligada o'ynash bir muncha qiyin."Oq-tepa" faoliyatimda yangi sahifa ochdi. O'yin uslubi, mashg'ulotlar, mentalitet, pas bilan o'ynash, maydonda qanday harakat qilish kabi ko'p yangi narsalar kashf qildim. Afrika futboli umuman boshqacha. Siz O'zbekistonga keldingizmi demak 3-4 barobar ko'proq ishlashingiz kerak",- deydi Tomiva.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar