So’nggi yangiliklar

01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  0 01:04БАА. Азиз Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда  0 00:35Файзуллаев гол урди, бироқ ЦСКА сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  16 00:33Эрон. Машарипов гол урган баҳсда "Истиқлол" ғалабага эришди  1 00:05"Кристал Пэлас" - "Манчестер Юнайтед"  20 23:34Жуд Беллингем нега "Реал"да 5 рақамини танлаган?  5 22:52Лондон клуби мавсум охирида мураббийи билан хайрлашади  1 22:32АПЛнинг бугунги баҳсида ҳакамга камера илиб қўйишади  7 22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  15 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  22 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  11 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  12 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Қизилқум" билан ўйиннинг сўнгги дақиқасида ғалабани қўлдан чиқарди  62

Ibrohim Ibragimov - "Navbahor" bilan o'yin, takliflar va Osiyo chempionati haqida Yangiliklar

Ibrohim Ibragimov - "Navbahor" bilan o'yin, takliflar va Osiyo chempionati haqida

Superliganing 25-turida Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi.

Ushbu uchrashuvda chempionlik uchun kurashayotgan "lochinlar" mag'lubiyatga uchradi va ayni paytda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishi ham so'roq ostida. "Olimpik" esa bu mavsumda "Navbahor"ni ikkinchi bor 3 ochkosiz qoldirdi. Kapadze jamoasi O'zbekiston kubogida ham "Jar"da raqibini taslim qilgandi. O'yindan so'ng jamoasining dastlabgi goliga mualliflik qilgan Ibrohim Ibragimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Olimpik" kuchli jamoadan ochko tortib oldi. Umuman bu yil "Paxtakor", "Neftchi", "Navbahor" kabi klublar "Olimpik" oldida ojiz qolishdi...

- "Navbahor" bilan o'yinga to'xtalsam, boshqa jamoalarga qanday tayyorgarlik ko'rsak, bu safar ham shunday bo'ldi. Raqibimiz qolgan jamoalardan kuchli edi. OCHLda ham yaxshi ishtirok etmoqda. Munosib tayyorgarlik ko'rib, g'alabaga erishdik. Bu uchrashuvning ayniqsa men uchun ahamiyati yuqori edi. O'yin davomida katta qiyinchilikka uchramadik, deb o'ylayman. Standart vaziyatlarda, oldinga tepishida biroz muammo bo'ldi. Qolgan vaziyatlarda "Navbahor" qiyinchilik tug'dirmadi. Xudo nasib qilgan ekan, chiroyli gol urdim. Raqibning turnir jadvalidagi o'rniga tasir qilishimiz, bu - futbol. Futbolda hamma narsa bo'ladi. "Navbahor" bunday tarkib va etibor bilan chempion bo'lishga loyiq edi. 

- Osiyo o'yinlaridan so'ng "Olimpik" ancha barqaror natija qayd etmoqda. Faqatgina bitta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Bu qolgan jamoalar mavsum yakunidagi kuchsizlanib qolgani, charchoq alomatlari bilan bog'liqmi?
- Ikki faktor ham rol o'ynashi mumkin. Biz Superligadagi eng yosh jamoamiz. Balki ularda charchoq alomatlari sezilayotgandir. Osiyo o'yinlaridan so'ng jismoniy holatimiz ustida ko'proq ishladik. Murabbiylar yuklamalar berishdi. Jamoamizda charchoq alomatlari yoki jiddiy jarohatlar yo'q. Bularning barchasi to'g'ri ishlanganidan. "Olimpik"da ikkinchi davrada o'zgarishlar yuz berdi. Yangi futbolchilarning moslashishi uchun ham vaqt kerak bo'ldi. O'sha vaqt etib keldi. Bir-birimizga o'rgandik. Maydonda o'zaro yaxshi kelishib o'ynayapmiz.

- "Metallurg" va "Olimpik"ni solishtirganda mavsum siz uchun qanday o'tdi?
- Bu ikki jamoani bir-biri bilan solishtirib bo'lmaydi. "Olimpik"ning maqsadi umuman boshqa. "Metallurg" Superligada yaxshi natijaga erishish uchun o'ynaydi. "Olimpik"da terma jamoaga futbolchilarni etarlicha tayyorlash uchun ortiqcha bosimsiz o'ynaladi.  

- U-17 terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida nima deya olasiz? 
- Tarkibda iqtidorli futbolchilar ko'pligiga guvoh bo'ldim. Muhammadyusuf Sobirov, Amir Saidov, Laziz Mirzaevni aytib o'tishim mumkin. Ayniqsa, Ispaniya bilan o'yinda iroda ko'rsatishgani ajoyib bo'ldi. Futbol vatani Angliyani yutishdi. O'zbekistonni butun dunyoga tanitishdi.

 

- "Olimpik"ning aksariyat futbolchilariga boshqa jamoalardan takliflar bo'lmoqda. Ibrohim Ibragimov faoliyatida katta jamoaga o'tishni rejalashtirmayaptimi?
- Bitta o'yin qoldi. Futbolchilarga takliflar chiqmoqda. "Metallurg" bilan yana bir yil shartnomam bor. Nasib qilgani bo'ladi. O'zbekistonni grand jamoalaridan ham takliflar bo'ldi. Qolgani "Metallurg"ga bog'liq. 

- Osiyo kubogida olimpiadaga yo'llanma o'ynaladi. Guruhdagi raqiblarimiz haqida nima deya olasiz? Asosiy kurash chorak finaldan boshlanadimi?
- Hech qaysi o'yin oson kechmaydi. Biz 10:0 yutgan Gonkong Osiyo o'yinlariga boshqacha tarkib bilan kelib etarlicha qarshilik tug'dirdi. Hamma raqibni hurmat qilamiz. Maqsadimiz chempion bo'lish va O'zbekistonning bayrog'ini yuqoriga ko'tarish.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика