Ibragimovichning personal muxlislari uchun noxush xabar
15 may 2021 21:55
Yangiliklar
Ibragimovichning personal muxlislari uchun noxush xabar
SHveciya termasi ustozi Yanne Andersson “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich jarohati tufayli bo'lajak qita birinchiligida qatnashmasligi haqida xabar qildi.
“Zlatan bilan gaplashdim, afsuski u menga jarohati tufayli Evro-2020'da qatnasha olmasligini aytdi. Albatta, bu Zlatan uchun ham biz uchun ham qayg'uli yangilik. Umid qilamanki, u tez orada maydonga qaytadi”, deydi mutaxassis.
Malumot o'rnida, 39 yoshli hujumchi A Seriya 35-turi doirasidagi "Yuventus" (3:0)ga qarshi o'yinda tizzasini shikastlab olgandi.
Fikrlar