Ibragimovich: "SHveciya terma jamoasi va men ko'proq ishlashimiz kerak"
30 mar 2016 13:45
Yangiliklar
Ibragimovich: "SHveciya terma jamoasi va men ko'proq ishlashimiz kerak"
SHveciya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich CHexiyaga qarshi uchrashuvda (1:1) jamoasida qanday kamchilik borligini aytdi.
"Tarkib borasida muammolar paydo bo'ldi va murabbiylar uchrashuvga tayyor bo'lmagan futbolchilarni maydonga tushirishiga to'g'ri keldi. Birinchi bo'limda o'zimni yomon his qildim. Ikkinchisida ishlarimiz yurishdi, ammo bahsga 100% tayyor bo'lganimda, yanada sifatliroq o'yin ko'rsatgan bo'lardim. Bu uchrashuvda murabbiy yangi futbolchilarni ko'zdan kechirdi. Bizda imkoniyatlar ko'p bo'ldi va jamoa yaxshi harakat qildi, lekin biz bundanda ko'prog'iga qodirmiz. SHveciya terma jamoasi va men o'z ustimizda ishlashimiz kerak" - deydi Ibragimovich.
Fikrlar