Ibragimovich: "Ryudiger Fernandeshni to'xtata oladi, faqat..."
05 iyu 2020 10:43
Yangiliklar
Ibragimovich: "Ryudiger Fernandeshni to'xtata oladi, faqat..."
"Milan" futbolchisi Zlatan Ibragimovich Angliya Kubogi yarim finalchilari haqida gapirdi.
19 iyul kuni mankunianliklar "Uembli"da "CHelsi"ga qarshi bahs olib boradi.
- Zlatan, sizningcha Ryudiger yarim finalda Fernandeshni to'xtata oladimi?
- Ha, albatta. To'xtata oladi. O'yindan keyin: "Mister, Fernandesh, to'xtab turing, rasmga tushib olaylik", deb to'xtata olishi mumkin. Boshqachasiga iloji yo'q.
Fikrlar