Ibragimovich MLS tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchi
13 iyu 2019 12:23
Yangiliklar
Ibragimovich MLS tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchi
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLS tarixidagi eng ko'p haq to'lanadigan futbolchiga aylandi.
37 yoshli shveciyalik futbolchi 2019 yilgi mavsumda jamoada qolishga qaror qildi va uning maoshi yiliga 7,2 million dollarni tashkil etmoqda.
Bundan oldin eng ko'p maosh to'lanadiganlar reytingida "Toronto" forvardi Sebastyan Jovinko 7,1 million dollar bilan etakchi edi.
Ibragimovich joriy mavsum "Gelaksi" tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.
Fikrlar