Ibragimovich "Milan" maxsus maslahatchisi etib tayinlanadi
09 noy 2023 18:18
Yangiliklar
Ibragimovich "Milan" maxsus maslahatchisi etib tayinlanadi
"Milan" sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich klubga maxsus maslahatchi yoki tashqi maslahatchi sifatida qaytadi.
Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.
"La Stampa" gazetasining yozishicha, 42 yoshli shveciyalikning vazifalariga nafaqat jamoa bilan muloqot qilish, balki transfer siyosati va klubning yoshlar masalalari bo'yicha vakolatlar ham kiradi. U, shuningdek, jamoa va direktorlar o'rtasidagi bog'lovchi bo'ladi. Bu klubning amaldagi bosh direktori, 2022 yilning noyabrida lavozimga tayinlangan italiyalik Jorjio Furlanining ishini kamaytiradi.
"Calciomercato " xabariga ko'ra, "Milan" va Ibragimovich hozirda hamkorlikning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilishmoqda va tez orada tayinlov haqida rasman elon qilishadi. Bu 11 noyabr kuni "rossoneri"ning "Lechche"ga qarshi A Seriya safar o'yini oldidan sodir bo'lishi mumkin.
Fikrlar