Ibragimovich: "Har bir muvaffaqiyatli to'pni to'xtatishi uchun Lukakuga 50 funt taklif qilganman"
19 okt 2019 22:50
Yangiliklar


Ibragimovich: "Har bir muvaffaqiyatli to'pni to'xtatishi uchun Lukakuga 50 funt taklif qilganman"
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich oldinroq klubda birga o'ynagan jamoadoshi Romelu Lukaku haqida fikrlarini bildirdi.
"Lukakudan yaxshi texnika kutmay qo'yaqoling. Uning eng yaxshi sifati - uning tabiiy kuchi. U hali ham meni eshiatayotgan bo'lsa... "Manchester Yunayted" safida unga har bir muvaffaqiyatli to'p to'xtatishi uchun 50 funt taklif qilganman. U esa "hammasini to'ri bajarsam nima olaman", deya javob qayargandi.
Unga hech narsa demadim. U shunchaki o'yinchi sifatida yuksaldi. Aniqlashtirsam, Lukaku bu kabi takliflarni hech qachon qabul qilmagan. Balki, yutqazishidan qo'rqqandir... Jiddiy aytganda, Lukakuga meros qolgan golga chanqoqlik jahonga o'zini ko'rsatish uchun imkon beradi. "Inter"da muvaffaqiyatga erishishiga ishonchim komil", — deydi Ibragimovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar