Ibragimovich faoliyatini "PSJ"da yakunlashga qarshi emas
30 dek 2013 18:00
Yangiliklar


Ibragimovich faoliyatini "PSJ"da yakunlashga qarshi emas
"PSJ" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich professional futbolchilik faoliyatini Parij klubi safida yakunlashi mumkinligini inkor etib o'tirmadi.
Hujumchining fikricha bu unchalik yomon variant emas. Eslatib o'tamiz, 32 yoshli forvard Franciyaga 2012/13-yilgi mavsumdan avval ko'chib o'tgandi. O'tgan vaqt davomida shved Franciya chempionati va CHempionlar Ligasi musobaqasida umumiy hisobda 66ta uchrashuvda maydonga tushgan va 56ta gol, 21ta golli pas muallifiga aylangan.
– Faoliyatimni "PSJ"da tugatmoqchimanmi? Aslini olganda professional faoliyatimni bu erda yakunlash yomon variant bo'lmasdi, – futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.

Fikrlar