

"Biz hisobdagi ustunlikdan qanday foydalanishni muhokama qilmadik. Bu umuman boshqa uchrashuv bo'ladi. Agar o'z o'yinimizni ko'rsatsak, maqsadimizga erishish uchun yaxshigina imkoniyat paydo bo'ladi. Uchrashuvdagi strategiyani murabbiy belgilaydi. U nima desa, shuni bajaramiz.
Qasos haqida hech qachon o'ylamayman, chunki har bir o'yin boshqa hikoya. Maydonda o'tgan safargidan ko'proq maydonda qolmoqchiman! (Shved o'tgan yilgi bahsda uchrashuvning 31-daqiqasida qizil kartochka tufayli maydonni tark etgan)
"Chelsi" xatto Kosta bo'lmasa ham ajoyib tarkibni maydonga tushiradi" - deydi Ibragimovich.



