Ibragimovich 1,5 million evrolik avtomobilini namoyish etdi
06 okt 2019 07:50
Yangiliklar


Ibragimovich 1,5 million evrolik avtomobilini namoyish etdi
“Los-Anjeles Gelaksi” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich o'zining instagramdagi sahifasida yangi sotib olgan avtomobili suratini joylashtirdi.
Surat ostiga 38 yoshli hujumchi quyidagicha izoh qoldirdi: “Tug'ilgan kuning bilan, Zlatan”.
The Sun nashri xabariga ko'ra, shveciyalik futbolchi Ferrari Monza SP2 avtomobilini o'z tug'ilgan kuniga o'ziga “sovg'a” qilgan. Ushbu “toychoq” futbolchiga 1,57 million evroga tushgan. Ferrari Monza SP2 avtomobilining maksimal tezligi soatiga 300 kilometr masofani bosib o'tish imkonini beradi. Super avtomobil 2,9 soniya ichida 100 km/s tezlikka erisha oladi. Butun dunyoda bu kabi avtomobillardan atigi 498 kishida mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar