Ibragimovich 13 iyun kuni “Yuventus”ga qarshi javob o'yinida qatnashadimi?
04 iyu 2020 21:05
Yangiliklar


Ibragimovich 13 iyun kuni “Yuventus”ga qarshi javob o'yinida qatnashadimi?
“Milan” tiklanish jarayonlarini olib borayotgan forvard Zlatan Ibragimovichning holati bo'yicha rasmiy bayonot berdi.
Klub xabariga ko'ra, Ibragimovich o'ng oyoq mushaklarini shikastlab olganidan keyin tibbiy tekshiruvdan o'tgan. Uning holati yaxshi, tiklanishi asoratsiz kechmoqda. O'n kundan keyin Zlatan qayta tekshiruvdan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, “rossonerilar” uzoq tanaffusdan keyin bo'lajak uchrashuvini Italiya Kubogi javob bahsi doirasida 13 iyun kuni Turinda “Yuventus”ga qarshi o'tkazadi. Zlatan mazkur bahsgacha sog'aya olmasligi mumkin. Jamoalar o'rtasidagi ilk bellashuvda 1:1 natijasi qayd etilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar