So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  1 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  7 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  14

Hussayin Amotta: "Lokomotiv" haqli tarzda g'alaba qozondi" Yangiliklar

Hussayin Amotta: "Lokomotiv" haqli tarzda g'alaba qozondi"

"Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anujmanida mehmonlar ustozi Hussayin Amotta qatnashdi.

"Albatta biz kutgan natija qayd etilmadi. "Lokomotiv" hujumda tezkor o'yin namoyish etdi. Dastlabki 15 daqiqada ikkita xatoga yo'l qo'ydik, ulardan birida hakamning ham roli bo'ldi. Grafiteda qulay imkoniyat bo'lgandi, u vaziyatdan unumli foydalana olmadi", - deydi Amotta. 


- Jamoaning tayanch yarim himoyasidagi muammolar nima bilan bog'liq?  

- Talal Al Blushi va Yosir Yahyo jarohat bois bugun maydonga tusha olishmadi. Raqibda gol urish shijoati kuchli edi. Biz ularga qarshilik qila olmadik.


- Bugungi mag'lubiyatdan so'ng "Al Sadd"ning guruhdan chiqish uchun imkoniyat qanday?

- Hali oldinda bir qator o'yinlar bor. Guruhdan chiqish imkoniyatimiz bor. Oxirigacha kurashamiz.


- Bugun "Al Sadd" jamoaviy o'yin namoyish etmadi. Bir nechta futbolchilar asosan individual harakat qilishdi. Ular murabbiyning ko'rsatmasini bajarmadi desak bo'ladimi?

- Ko'rsatmalarimni bajarishmadi deya olmayman. Ikkita tezkor gol o'tkazib yubordik. SHunda o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yubordik.


- "Lokomotiv" safida qaysi futbolchini alohida ko'rsata olasiz? 

- Ularda barcha futbolchilar yaxshi o'ynadi. Hech bir o'yinchini alohida ko'rsata olmayman.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика