So’nggi yangiliklar

13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  1 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  0 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8

Husniddin G'ofurov: Yelichich bilan serb tilida gaplashyapman Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: Yelichich bilan serb tilida gaplashyapman

Toshkentning Lokomotiv jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Yaqinda «temiryo'lchilar» so'nggi yillarda Serbiya chempionatida faoliyat olib borgan yarim himoyachi Husniddin G'ofurovni o'z saflariga qo'shib olib, u bilan ikki yillik shartnoma imzolashgandi.

G'ofurov yangi jamoasida 19-raqam ostida harakat qiladi. Biz Husniddindan intervyu oldik.

- Husniddin, transferingiz qay tarzda amalga oshdi?

- Bu osonlikcha ro'y berdi, deyolmayman. O'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ldi. Boisi, menda boshqa takliflar ham etarli edi. Ana shu takliflarni obdon o'rganib chiqqach, «Lokomotiv»ni tanladim.

- Serbiya klubi bilan shartnomangiz yakunlangandimi? Ular osonlikcha qo'yib yuborishdimi?

- Bitim muddati hali yakuniga etmagandi. Lekin biz klub rahbariyati bilan o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildik.

- «Lokomotiv» variantini tanlashingizda qaysi omil asosiy sabab bo'lib xizmat qildi?

- Variantlar orasida «Lokomotiv» eng ideali. Vaholanki, boshqa xorij klubida ham paydo bo'lishim mumkin edi.

- «Lokomotiv»dan tashqari yana qaysi jamoa haqida ko'proq o'yladingiz?

- Endi bu haqda gapirish befoyda bo'lsa kerak. Kamida Serbiyada qolardim.

- Yangi klubingizda raqobat juda kuchli bo'ladi. Bu haqda ham o'ylab ko'rdingizmi?

- Men raqobatdan qo'rqmayman. Aksincha, uning borligidan hamisha xursand bo'lganman.

- Serbiyada o'tgan yillaringiz haqida umumiy fikr bildirsangiz.

- Men bu onlarni uzoq vaqt eslab qolaman. Faoliyatimdagi yorqin damlar Serbiya chempionatida o'tdi, deb bemalol ayta olaman. U erda juda yaqin insonlarim bor. Albatta, vaqt topildi deguncha Serbiyaga boraman.

- Adashmasak, mahalliy tilni ham yaxshigina o'zlashtirib olgandingiz?

- Ha, xuddi shunday. Bu menga «Lokomotiv»da ham asqotyapti. Bosh murabbiy bilan serb tilida gaplash­yapmiz.

- Sizni Yelichichning shaxsan o'zi taklif qildimi?

- Ochig'i, buni bilmayman. Agentlar menga «Lokomotiv»dan taklif bo'layotganini aytishgandi.

- Agentingiz evropalik edi. U mazkur jarayonda ishtirok etdimi?

- Ha, qatnashdi.

- O'zbek futbolidagi o'zgarishlarni kuzatib boryapsizmi?

- Har kuni internet hamda O'zbekis­tondagi do'stlarim orqali futbolimizda bo'layotgan yangiliklarni kuzatib boryapman. Albatta, hayratdaman. Futbol bir joyda turib qolmasligi kerak. O'zgarishlarning bo'lgani yaxshi. Eng muhimi, ular futbolimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilsin.

- «Lokomotiv» to'g'ridan-to'g'ri OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. Bu musobaqani sabrsizlik bilan kutayotgan bo'lsangiz kerak?

- Bo'lmasam-chi. Bu men uchun yangi turnir, o'ziga xos chaqiruv bo'ladi. Nafaqat, OCHL, balki Superliga va kubok bahslarini ham intiq bo'lib kutyapman. Umuman olganda, «Lokomotiv» libosida tezroq rasmiy o'yinda maydonga tushmoqchiman.

- Bu yilgi mavsumda «Lokomotiv»­ga asosiy raqib sifatida «Paxtakor»ni ko'ryapsizmi?

- Faqat «Paxtakor» emas. «Bunyodkor» va «Nasaf» jamoalari ham chempionlik uchun kurash olib borishadi. Bir narsani aniq bilaman, yangi mavsumda jamoalar o'tgan yilgi o'rinlaridan yaxshiroq natija qayd etishadi.

- O'n ikkita jamoaning qoldirilgani yaxshi bo'ldimi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Balki, yaxshilikkadir. Har qanday o'zgarish jamoatchilik tomonidan keng muhokamaga sabab bo'lib kelgan. Masalan, Serbiya chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi. Lekin O'zbekistonda bo'lgani kabi u erda ham peshqadam qolgan taqibchilaridan sezilarli darajada o'zib ketgan.

Faqat farqi, ikkinchi va uchinchi o'rindagi jamoalar o'rtasidagi ochko tafovuti katta. Jamoalar sonining kam bo'lishi chempionatda raqobatni kuchaytiradi. Ayniqsa, superliganing ikkita bosqichda o'tkazilishi chempionat saviyasi yanada oshishiga sabab bo'ladi.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика