Husniddin G'ofurov: “Sho'rtan”da vaqtincha shug'ullanib turgandim”

17 yanv 2015, 17:46
Serbiyaning “Yavor” klubi hujumchisi Husniddin G'ofurov yaqinda G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi.
Shundan so'ng u bilan bog'langanimizda, ayni damda Ivanicada ekanligini ta'kidladi.

- Bilasizmi bizda tatil bo'lgani uchun Toshkentda o'zim yakka tartibda shug'ullanib turgandim. Keyin “Sho'rtan” jamoasi poytaxtga kelib yig'in o'tkazdi. Jamoa bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov qo'li ostida o'z vaqtida “NBU-Osiyo”da o'ynagamanman va ayni damda g'uzorliklar sharafini himoya qilayotgan o'yinchilarning ayrimlari bilan yaxshi munosabatdaman. Shu bois mazkur klub mashg'ulotlarida vaqtincha ishtirok etib turishimni so'radim.
- 14 yanvar kuni Serbiyaga kelganman. Ayni paytda “Yavor” ixtiyoridaman va joriy mavsumni ham yana Ivanica jamoasida o'tkazaman deydi -Husniddin G'ofurov.

Manba: championat.asia