So’nggi yangiliklar

23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  4 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  35 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  2 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4

Husniddin G'ofurov: "Mladost Luchani"da Miloshevich va Trifunovich bilan birga o'ynayman" Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: "Mladost Luchani"da Miloshevich va Trifunovich bilan birga o'ynayman"

O'zbekistonlik hujumchi Husniddin G'ofurov 2013 yildan buyon Serbiyaning "Yavor" klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Ushbu klub bilan birga u Superligaga chiqishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan haftada G'ofurov to'rt yil o'ynagan klubni tark etib Serbiyaning boshqa klub jamoasi "Mladost Luchani"ga ko'chib o'tdi. Biz legioner futbolchimiz bilan bog'lanib suhbat qurishga qaror qildik.

- "Mladost Luchani" klubiga sizni kim taklif qildi?

- Barchasi oddiy, jamoa bosh murabbiyi Nenad Milovanovich menga taklif bilan chiqdi. O'ylab ko'rib mana shu taklifni qabul qilishga qaror qildim.

- 2013 yildan buyon "Yavor" safida o'ynab keldingiz. Bu klub bilan shartnomangiz yakunlandimi?

- Ha. "Yavor" bilan kelishuvimiz tugadi va erkin agentga aylangandim. Jamoa menga shartnomani uzaytirishni taklif qilgandi. Ammo "Mladost"ning taklifi qiziqarliroq tuyuldi. Faoliyatimda yangi sahifa ochishni istadim va shunday qarorga keldim.  

- "Yavor"dagi faoliyatingiz haqida nimalar deya olasiz?

- Yaratganga shukurki bu klubdagi faoliyatim yaxshi o'tdi. Birinchi bor legioner sifatida aynan "Yavor"da o'ynadim. Ushbu klub rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va muxlislariga katta rahmat aytaman. Bu jamoada o'tkazgan yillarim men uchun juda qadrli bo'ldi. To'rt yil davomida o'zimni xuddi uyimdagidek his qildim. Bir so'z bilan aytganda nolishga haqqim yo'q.

- "Yavor" barcha maoshlaringizni to'liq to'lab berdimi?

- Meni klubdan, klubning esa mendan hech qanday qarzi yo'q (kuladi). Jamoa bilan yaxshi munosabatda xayrlashdim.


- Nega aynan "Mladost"ni tanladingiz yoki faqat shu klubdan taklif bo'lganmidi?
- Yo'q. Boshqa klublardan ham takliflar bo'lgandi. Ammo "Mladost" Evropa ligasi saralashida o'ynashi tufayli shu klubni tanladim.

- Taklif bilan chiqqanlar orasida o'zbek klublari ham bormidi?

- Ha, albatta. O'zbekiston klublaridan ham takliflar bo'ldi. Ammo ushbu klublar nomini aytmay qo'ya qolay. Sababi endi "Mladost" azosiga aylandim.

- Demak hozircha O'zbekistonga qaytish niyatingiz yo'q. SHundaymi?

- Evropada o'ynash uchun "Mladost"ni tanladim. Bir necha yil davomida xorijda o'ynamoqchiman, shundan keyingina balki O'zbekistonga qaytishim mumkin.

- "Mladost" safida o'zbek futboli muxlislariga tanish futbolchilar bormi?

- O'z vaqtida "Bunyodkor"da o'ynab ketgan himoyachi Ivan Miloshevich "Mladost" sardori hisoblanadi. Bundan tashqari "qaldirg'ochlar" safida faoliyat olib borgan hujumchi Milosh Trifunovich ham yaqindagina ushbu klub bilan shartnoma tuzdi.

- "Mladost" bilan qancha muddatga shartnoma tuzdingiz?

- Ushbu klub bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdim. Barcha sharoitlar meni qoniqtirdi.

- Jamoa safida mashg'ulotlarni boshladingizmi?

- Ha, albatta. 10 iyundan Evropa ligasi saralash bahslariga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Birinchi bosqichga 19 iyun kuni qura tashlanadi (suhbat 18 iyun kuni bo'lgan) va raqibimizni bilib olamiz. Dastlabki bosqich o'yinlari esa 29 iyun va 6 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

- Yangi mavsumga tayyorgarli Serbiyada o'tayaptimi yoki boshqa davlatdami?

- Serbiyaning o'zida. Sababi ob-havo ham, sharoitlar ham yaxshi. SHu bois xorijga chiqishdan mano yo'q.

- "Mladost" klubi stadioni va bazasi bilan tanishdingizmi?

- Tanishib chiqdim. Baza chiroyli, stadion ham talablarga javob beradi. Klub 8000 tomoshabinga mo'ljallangan ko'rkam stadionga ega ekan.

- Jamoa o'tgan mavsumda Serbiya Superligasida to'rtinchi o'rinni oldi. Bu klubning eng yaxshi natijasi bo'ldi. Yangi chempionatda "Mladost" o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ymoqda?

- Hozirgi birinchi maqsadimiz Evropa ligasi saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib guruh bosqichiga yo'l olish. Bu qiyin ekanligini bilamiz, shu bois ham qattiq mehnat qilayapmiz.

- Bosh murabbiy siz bilan suhbatda nimalarni talab qildi?

- Nenad Milovanovich ochiq inson ekan. U men bilan suhbatda chap qanotda o'ynatmoqchi ekanligini malum qildi. O'zimga ham qanotda o'ynash maqul. Hujumkor futbolchi bo'lganim uchun jamoa safida ko'proq gol urishni va jamoadoshlarimga golli uzatmalar berishga harakat qilaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика