Husniddin G'ofurov: "CHempionatni g'alaba bilan boshlaganimizdan mamnunman"
02 mar 2018 08:21
Yangiliklar
Husniddin G'ofurov: "CHempionatni g'alaba bilan boshlaganimizdan mamnunman"
Qiziqarli ko'rinish olgan bellashuvda “temiryo'lchilar” jamoasi 3ta to'p farqi bilan zafar quchishdi. Mazkur bellashuvda mahoratli futbolchi Husniddin G'ofurov “Loko” safidagi debyut o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvdan so'ng futbolchi klub rasmiy saytiga quyidagicha fikr bildirdi:
– Taassurotlarim alo darajada. Mavsumni juda yaxshi boshlab oldik. Safarda bo'lishiga qaramay yirik hisobda zafar quchishga muvaffaq bo'ldik. O'yin boshlanishi oldidan biroz hayajonim bor edi. Lekin maydonga chiqqach bor salohiyatimni ishga solishga harakat qildim. Jamoamizga oz bo'lsa-da foyda keltirishga astoydil urindim. SHukr, muhim 3 ochko qo'lga kiritildi. “Lokomotiv” uchun ilk rasmiy o'yinimni o'tkazganimdan mamnunman. Jamoadoshlarimga esa meni qo'llab-quvvatlashayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman, – dedi Husniddin G'ofurov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar