Huseyn SHodiev: "O'zbekiston terma jamoasi jismonan bizdan yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekan"
31 jan 2016 11:31
Yangiliklar


Huseyn SHodiev: "O'zbekiston terma jamoasi jismonan bizdan yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekan"
"O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tgan birinchi bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bellashuv vakillarimizning yirik 11:2 hisobidagi g'alabasi bilan o'z yakuniga etdi. Ikkinchi o'yindan keyin Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Huseyn SHodievning fikrlari bilan qiziqdik.
"Birinchi o'yinni shogirdlarim yaxshi o'tkazishdi. Ikkinchi bahsda esa yigitlar durang tufayli biroz bo'shashishdi deb o'ylayman. Ilk kundagi natija ularga pand berdi.
Yig'inimiz oldin rejalashtirilgandan biroz kechroq boshlandi. SHu bois shogirdlarim ketma-ket ikkita o'yin o'tkazishga biroz qiynalishdi. Ularda charchoq alomatlari sezilib qoldi. O'zbekiston terma jamoasi jismonan bizdan yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekan. Ikkinchi bo'limda ular katta tashabbusga ega bo'lishdi", - deydi Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Huseyn SHodiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar