Husayn SHodiev: "Toshkent bizning Dushanbega o'xshar ekan"
15 fev 2016 21:11
Yangiliklar
Husayn SHodiev: "Toshkent bizning Dushanbega o'xshar ekan"
Xitoy Taypei va Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng, tojikistonliklar bosh murabbiyi Husayn SHodiev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Bu so'nggi o'yinimiz edi va bahs hech narsani hal qilmasligini ikkala jamoa ham tushunib o'ynadi. Oxirgi daqiqalarda gol urib ketganimizdan mamnunman. Ko'plab o'yinchilarimiz ilk bora bunday katta turnirda qatnashishmoqda. Tajriba etishmasligi tufayli ko'plab vaziyatlarni qo'ldan boy berdik.
Toshkent bizning Dushanbega o'xshar ekan. Insonlari ham mehmondo'st. Mehmonxonadagi internet borasida kichik muammolar bo'ldi. Umuman olganda hammasi alo darajada. O'zbekistonga, Toshkentga va tashkilotchilarga barchasi uchun rahmat aytmoqchiman" - deydi Husayn SHodiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar