Husayn Norchaev: "Alaniya" Evropa tomon tramplin bo'lishini istardim"
22 mar 2023 11:28
Yangiliklar
Husayn Norchaev: "Alaniya" Evropa tomon tramplin bo'lishini istardim"
Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur yig'in doirasida Togo bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv oldidan "Alaniya" hujumchisi Husayin Norchaev O'FA matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Terma jamoaga kelish biz uchun doim yoqimli, desam to'g'ri bo'ladi. Yigitlar bir-biri bilan ko'rishib, o'zaro hamjihatlikda o'yinimizni yanada yaxshilaymiz. Oldimizda turgan musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Mashg'ulotlar ko'ngildagidek ketmoqda. Maydonlar, sharoitlar hammasi yaxshi.
Raqibga kelsak, ularni o'rganyapmiz. Murabbiylarning o'yinga tanlagan taktikasi bor. Yangi jamoamga kelsak, Evropa jamoalarida o'ynash orzuim bor edi. "Alaniya" bu borada tramplin bo'lishini istayman.
Sport formamni tiklash ustida ishlayapman. Nasib qilsa, navbatdagi o'yinlarda maydonga tushishga harakat qilaman",- deydi Norchaev.
Fikrlar