So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Humoyun Murtozaev: “Xomyakov qaytgach, o'yin uslubimiz ham o'zgardi” Yangiliklar

Humoyun Murtozaev: “Xomyakov qaytgach, o'yin uslubimiz ham o'zgardi”

“Mashal” Superliganing 4-turida safarda “Andijon”ga qarshi bahs olib borib durang qayd etdi.

“Gazchilar”ning vodiydan bir ochko bilan qaytishida jamoaning tajribali hujumchisi Humyun Murtozaevning hissasi katta bo'ldi. SHu bois championat.asia talqiniga ko'ra, 29 yoshli futbolchi ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

- Humoyun, “Andijon” bilan o'tgan o'yin haqida fikringiz qanday?

- Vodiyda bizga oson bo'lmasligini oldindan yaxshi bilardik. SHunga yarasha o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. O'yinni avvaliga yaxshi boshladik va tezkor gol urishga erishdik. Keyinchalik mezbonlar ham hujumga zo'r berib, penaltidan javob to'pini kiritdi. SHundan so'ng ochig'ini aytganda, durang natijani saqlab qolishga etibor qaratdik.



- “Mashal” shu kuni bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Menimcha uchrashuvning oxirlarida har ikki jamoa ham g'alaba to'pini kiritib, uch ochkoga ega chiqishga juda yaqin kelgandi. Ammo sovuqqonlik etishmasdan yakunda durang natijasi saqlanib qolindi. “Mashal”ni safarda o'ynaganini inobatga oladigan bo'lsak, bir ochko ham yomon natija emas. Aslida esa uch ochko olish maqsadida borgandik.

- Aleksandr Xomyakov kelgach jamoaning o'yin uslubida ham o'zgarish bo'ldimi?

- Aleksandr Andreevich tajribali murabbiy ekanligiga hech qanday shubha yo'q. Ilgari “Mashal”ni uzoq yillar davomida boshqargani uchun ham rossiyalik mutaxassisning yana jamoaga qaytarilishi ayni muddao bo'ldi. Tabiiyki Xomyakovning o'z o'yin uslubi bor. Ungacha esa ispaniyalik mutaxassis qo'li ostida boshqacha taktika asosida shug'ullangandik. Endi o'yin uslubimizda ham o'zgarishlar bor.


Coca Cola Superliga. 4-tur ramziy terma jamoasi         

 
- Ramziy terma jamoa haqida fikringiz?

- Championat.asia saytini muntazam ravishda kuzatib borgan xolda, futbol yangiliklaridan xabardor bo'lishiga harakat qilaman. To'g'risi bu safar ramziy terma jamoaga tushishimni xayolimga ham keltirmagandim. 4-tur yakunlarini ko'rib, juda xursand bo'ldim. Buning uchun sayt ijodkorlariga rahmat aytaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика