So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  3 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  4 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  10 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Intervyu. Humoyun Murtozaev: "Bu mavsum Superligada to'purar bo'lishni istayman" Yangiliklar

Intervyu. Humoyun Murtozaev: "Bu mavsum Superligada to'purar bo'lishni istayman"

Bu yilgi Superliga to'purarlaridan biri bilan suhbat.

O'zbekiston Superligasida dastlabki 10ta turi ortda qoldi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" mana shu 10ta o'yinda 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasidan joy olib turibdi. "Ajdarlar" raqib darvozasiga hozirgacha 14ta gol urishdi. Etiborlisi ushbu gollarning teng yarmi bir futbolchiga tegishli - Humoyun Murtozaev. Bir necha yil davomida Muborakning "Mashal" klubida o'ynagan hujumchi 2019 yilgi mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida boshladi. Mavsumning dastlabki 4ta turida raqib darvozasiga yo'l topa olmagan Humoyun keyingi beshta uchrashuvda jami 7ta gol urishning uddasidan chiqdi. Ayni paytda to'purarlar poygasida Zafar Polvonov va Temurxo'ja Abduxoliqov kabi hujumchilar bilan birga ikkinchi o'rinda borayotgan Murtozaev bilan suhbatlashdik.

- Barcha futbolchilarga beriladigan odatiy savol. Futbolga kirib kelishingiz qanday sodir bo'lgan?

- Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug'ilganman. Futbolga kirib kelishimga rahmatli dadam sababchi bo'lganlar. Dadam o'zlari oddiy o'qituvchi bo'lganlar. Futbolga xaddan tashqari qiziqishlari kuchli bo'lgan. SHu bois ikkala o'g'illarini ham futbolchi bo'lishini xohlaganlar. Akam Bahodir Murtozaev ayni paytda "Mashal" klubi safida o'ynamoqda. Futboldagi birinchi murabbiyim Ikrom aka Siddiqov bo'lgan.

- Sizni ko'pchilik "Mashal" akademiyasidan chiqqan deb o'ylaydi...

- Yo'q, professional faoliyatimni 2010 yil G'uzorning "SHo'rtan" klubida boshlaganman. Bu jamoada uch yil davomida o'ynaganman. 2014 yil boshida Muborakning "Mashal" klubiga ko'chib o'tganman. 2018 yil oxirida "Nasaf" safiga qo'shildim.

- "Mashal" o'zi uchun principial raqib "Nasaf"ga futbolchilarni bermaydi. Ammo siz va Sardor Abduraimov "ajdarlar" safiga ko'chib o'tdinglar.

- O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan "Nasaf"da o'ynashni anchadan beri xohlardim. "Nasaf"dan taklif bo'lgach hech ikkilanmasdan "ajdarlar" safiga qo'shildim.



- "Mashal"dan qanday xotiralar qoldi?

- Ajoyib xotiralar qoldi. Muborakda futbolchi sifatida o'sdim, gollar urdim, oliy ligada ham, birinchi ligada ham borimni berib o'ynadim. "Mashal" bilan Superligaga qaytib chiqishni istagandik. Afsuski biroz omadimiz kelmadi. Yaqin kelajakda "Mashal" Superligaga qaytishiga ishonchim komil. Ushbu klubda birga ishlagan murabbiy Aleksandr Xomyakovga minnatdorchilik bildiraman.

- Superligada ketma-ket 5ta o'yinda jami 7ta gol urdingiz. CHempionatimizda gol urish shunchalik osonmi?

- Yo'q, Superligada gol urish oson emas. Har bir golni urishning o'z mashaqqati bor. Raqib darvozasiga to'p kiritishimda jamoadoshlarimning xissasi juda katta. Sababi futbol jamoaviy o'yin. SHeriklarim meni qulay vaziyatga chiqarishsa gol uraman, ular bo'lmasa bir o'zim hech qachon gol ura olmayman. Hozirgacha 7ta gol urdim, ammo bundan qoniqqanim yo'q. CHunki juda ko'p qulay imkoniyatlardan foydalana olmadim. Buning ustida ishlashda davom etaman.

- "Nasaf" tarkibi ancha yoshardi. Biroq shunga qaramay klub etakchilarga qarshi munosib qarshilik ko'rsatmoqda. Buning siri nimada?

- "Nasaf" tarkibi yosh bo'lgani bilan bizda ichki muhit juda zo'r. Ahillik va murabbiyimizning mahorati tufayli bunga erishyapmiz. Jamoa o'zagini akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Ularning ko'pchiligi yoshligidan birga o'ynab kelishmoqda.



- Ro'ziqul Berdiev bilan birinchi marta ishlayapsiz. U qanday murabbiy ekan?

- Ro'ziqul Sadullaevich har bir o'yinda bor kuchimizni berib o'ynashimizni xohlaydi. Yutqazishni istamaydi. Yosh futbolchilar bilan ishlashni yaxshi biladi. Buning ustiga futboldan tashqarida juda yaxshi inson.

- Humoyun Murtozaevning futboldagi eng oliy orzusi qanday?

- Orzularim juda ko'p, lekin ularning eng oliysi O'zbekiston terma jamoasi bilan Jahon chempionatida o'ynash. Bundan tashqari O'zbekiston chempioni bo'lish va mamlakat kubogini qo'lga kiritishni istayman.

- SHuncha gol urganingizga qaramay O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper sizni iyun oyidagi yig'inga chaqirmadi...

- Milliy terma jamoadan chaqirilmaganimdan xafa emasman. To'g'ri terma jamoada o'ynash har bir futbolchining orzusi. Qani edi bizni ham chaqirishsa, bor kuchimiz bilan o'ynar edik. Demak, hali unga loyiq bo'lmasam kerak. Hozirgi maqsadim "Nasaf"ning g'alabalariga xissa qo'shish va gollar urish.



- Hujumchining vazifasi gol urish. Bu mavsum nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- (biroz o'ylanib) Aniq bir raqamni ayta olmayman, lekin xudo xohlasa bu mavsum oxirida to'purarlar ro'yxatida birinchi bo'lishni istayman.

- Xorijda va O'zbekistonda qaysi hujumchilarga havas qilgansiz?

- O'zbekistonda kuchli hujumchilar ko'p, ulardan birini ajratib ko'rsata olmayman. Xorijda esa yoshligimda braziliyalik Ronaldoning o'yinlariga qiziqib kelganman. Undan nimadirlarni o'rganishga harakat qilardim.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика