Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov "Turon"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2021
Yaypanning "Turon" klubi ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

Yozgi transferlar vaqtida tarkibni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan "Turon" safiga Muborakning "Mashal" klubidan iqtidorli yarim himoyachi Sardor Abduraimov va hujumchi Humoyun Murtozaev kelib qo'shildi. Bugun futbolchilar klub rahbariyati bilan uchrashuvda rasman uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lumot uchun, ikkala futbolchi bugunga qadar "Mashal", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari safida harakat qilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати