So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

"Humo Arena"da "Olimpiya kuni" nishonlandi: "O'zbegim" sheri, estrada yulduzlaridan koncert va boshqalar Yangiliklar

"Humo Arena"da "Olimpiya kuni" nishonlandi: "O'zbegim" sheri, estrada yulduzlaridan koncert va boshqalar

Teglar :  Olimpiya kuni
6 iyul kuni O'zbekistonda "Olimpiya kuni" nishonlandi.

Bu yilgi "Olimpiya kuni" avvalgi yillardan farqli ravishda, katta tantana bilan tashkil etildi. Bayramga poytaxtimiz markazida qad rostlagan muhtasham "Humo Arena" mezbonlik qildi. 

Bayramda esda qolarli holatlardan biri sifatida shuni ko'rsatishimiz mumkinki, mamlakatimizdagi sport federaciyalari "Humo Arena" pavilonlarida o'z "burchaklari"ni joylashtirishdi. Ushbu "burchaklar"da sport federaciyalari erishgan yutuqlar, natijalar, amalga oshirilgan ishlar haqida malumotlar berildi. Muxlislar u erda sport yulduzlari bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lishdi. 


Soat 19:00 dan so'ng esa arenada asosiy bayram tantanalari boshlandi. Dastlab sahnaga o'zbek sporti tarixida o'ziga yarasha iz qoldirgan sportchilar chiqib kelishdi. O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangragandan so'ng Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Baxning "Olimpiya kuni" munosabati bilan yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. So'ngra O'zbekiston Respublikasi prezidentining yoshlar, fan, talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonovlar so'zga chiqishdi va o'zlarining eng samimiy tilaklarini bildirib o'tdilar. 

So'ngra sportchilarimiz Erkin Vohidovning "O'zbegim" sherini ketma-ketlikda aytishdi. Keyin kechaning badiiy qismi boshlandi. O'zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari yig'ilganlarga haqiqiy bayram kayfiyatini tuhfa etdi.

Etiboringizga bugungi bayramdan olingan suratlarni taqdim etamiz:


Bayramdan yanada ko'plab suratlarni OLAMSPORT.COM saytida tomosha qiling!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика