Hujumchi Kolo Muani yozga qadar "Ayntraxt"da qolishni rejalashtirmoqda
07 jan 2023 00:53
Yangiliklar
Hujumchi Kolo Muani yozga qadar "Ayntraxt"da qolishni rejalashtirmoqda
"Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo Muani qishki transfer oynasida klubdan ketishni rejalashtirmayapti.
24 yoshli forvardga ko'plab APL klublari, jumladan "Manchester Yunayted" va "CHelsi" qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining o'zi joriy mavsumni "Ayntraxt"da yakunlab qo'ymoqchi.
Franciyalik futbolchi yozda faoliyatini davom ettirish uchun variantlarni baholaydi.
Muani joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.
U Franciya terma jamoasi tarkibida JCH-2022ning kumush medallariga ega chiqdi. Hujumchi Qatardagi turnirda 3ta o'yin o'tkazib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar