So’nggi yangiliklar

17:07ЖЧ-2026 саралаши. КХДР - Қатар 0:0  9 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Австралия 0:0  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  16 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  1 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  2 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  2 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  11 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  2 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  18

"Hujum chizig'ida muammolar bor. Superkubok - yutishimiz kerak bo'lgan yangi sovrin". Piter Xyuistra ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Hujum chizig'ida muammolar bor. Superkubok - yutishimiz kerak bo'lgan yangi sovrin". Piter Xyuistra ishtirokidagi matbuot anjumani

"Paxtakor" jamoasi yangi mavsum starti oldidan bosh murabbiy Piter Xyuistra ishtirokida matbuot anjumani tashkil qildi.

Niderlandiyalik mutaxassis shu yilning 15 yanvaridan "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy bunga qadar uch yarim yil davomida SHota Arveladzega ko'maklashgandi.

Piter Xyuistra: "Matbuot anjumaniga tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Sizlarni ko'rib turganimdan mamnunman. Birgalikda ko'plab uchrashuvlarda yana ko'rishamiz, degan umiddaman. Albatta, "Paxtakor"da birinchi mavsumim emas. Bunga qadar jamoada SHota Arveladzega yordam berib kelganmaan. Lekin, bosh murabbiy sifatida ilk matbuot anjumanida ishtirok etyapman. Aytishimiz mumkin bo'lgan narsalarni sizlarning yordamingizda muxlislarga etkazamiz. OAV bilan uchrashib turishdan doim xursandman. Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, 3 yarim yil ilgari "Paxtakor" sakkizinchi o'rinda edi. O'tgan davrda biz chempionlikka erishdik, OCHLda yaxshi qatnashdik. Buni joriy mavsumda ham takrorlashimiz zarur. Albatta mazkur ko'rsatkichlar, ajoyib natijalar uchun uchun SHota Arveladzega, rahbariyatga, klubdagi hamma insonlarga rahmat aytishimiz kerak. SHota Arveladze paytida qo'llanilgan o'yin uslubi saqlanib qolinadi. Biz o'zimiz tanlagan to'g'ri yo'ldan davom etishimiz kerak. O'zbek futbolini yaxshi darajaga ko'tara olishimizga ishonaman. OCHLda ijobiy natijalar qayd eta olamiz, bunga aminman. Ko'plab osiyolik mutaxassislar bilan gaplashganimda, gaplaridan o'zbek futboliga hurmati katta ekanligini sezib turaman. CHempion sifatida bizda boshqalarni ham ortimizdan etaklay olish kabi og'ir ish turadi. O'zbek futbolini darajasini ko'tarish uchun O'FA, klublar, homiylar, PFL barchamiz biraglikda birlashsak yutuqlarga erisha olamiz. "Paxtakor" o'zbek futbolida o'z o'rniga ega. Hozirda "Olimpik" jamoasining tarkibida 60 foiz "Paxtakor" futbolchisi bor. O'zbekiston milliy terma jamoasini ham biz kabi muhim uchrashuvlar kutmoqda. Bilasizlar, milliy jamoada ko'plab "Paxtakor" azolari bor. SHuning uchun "Paxtakor" doim bosim ostida bo'ladi. Futbolchilarim doim yaxshi jismoniy holatda bo'lishi kerak. Mening vazifam ularni shunday yuqori holatda ushlab turish. Biz uchun mavsum Superkubok bahsi bilan boshlanadi. "Nasaf" juda ham yaxshi jamoa. Superkubok o'yini biz uchun yutishimiz kerak bo'lgan yangi sovrin".


"Bir narsani aytishim kerakki, har mavsumda jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi. Bu mavsumda "Paxtakor" malum transferlarga qo'l urdi. Jamoaning etakchilari kuchliroq chempionatlarga yo'l olishdi. Hozirda jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shilgan. Ularning yordamida balansni yo'qotmaslikka harakat qilyapmiz. Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov, Vladimir Kozak, Igor Sergeev kabi futbolchilar tark etdi. Ruslan Roziev va Asadbek Sobirjonov ijaraga berilgan. Aziz Turg'unboev, SHerzod Temirov, SHarof Muhiddinov, Sardor Rashidovlarni jalb qilishga qaror qildik. Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Humoyunmirzo Iminov ijaradan qaytdi. Ularda katta salohiyat bor. Kerakli tajribaga ega bo'lib jamoamizga qaytishdi. O'z poziciyalari uchun qattiq kurashishmoqda. Himoya va yarim himoyada katta yo'qotishlar bo'lmadi. Faqatgina hujumda o'zgarishlarga yuz berdi. Hozirda yangi futbolchilar kirishib ketishga harakat qilishmoqda. Yosh va kelajagi porloq o'yinchilarni jamoaga jalb qilish menga yoqadi. Deylik, Marlen CHobanov, SHahzod Azmiddinov, Diyor Holmatov va hokazo. Ular asosiy tarkib bilan shug'ullanmoqda. Yana bir yosh ijrochimiz Hojimat Erkinov milliy jamoaga nomzod ekanligini bilasizlar. "Paxtakor" asosiy tarkibiga kirishga nomzodlardan biri. Meni qo'llab-quvvatlaydigan yordamchilarimga to'xtalsam. Jismoniy holat bo'yicha Laslo Yambor ko'maklashadi. SHuningdek gruziyalik Gocha Tkebuchava va o'zbek futbolini juda yaxshi biladigan Mirko Yelichich. Bu mutaxassisni qo'shilganidan xursandman".


"Birinchi liga jamoamiz bor edi. Ular Pro ligaga yo'l olganga qaramasdan "Olimpik" jamoasiga juda ko'p futbolchilar jalb qilingani uchun faoliyatini to'xtatdik. Bizda hozir asosiy va o'rinbosarlar jamoasi bor. Bundan buyon ikki jamoa birga shug'ullanadi. Mening oldimda to'rtta muhim narsa bor. Birinchisi Superkubok, mavsumdagi ilk sovrinni qo'lga kiritishimiz mumkin. Ikkinchisi Superliga, chempionlikni himoya qilishga harakat qilamiz. Uchinchisi OCHL, biz munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. To'rtinchisi o'ylashimcha tayyor va ishtiyoqi baland futbolchilarni terma jamoaga etkazib berish. Aytishim mumkinki, menda katta masuliyat bor. Har bir futbolchi uchun javobgarman. CHunki, bu istaysizmi yo'qmi milliy jamoaga tasir qiladigan omil. Men qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. SHu tariqa o'zbek futboliga kichik hissamni qo'shishga tayyorman".


- Har bir murabbiy jamoaga yangi narsa olib kiradi. Siz bunga tayyormisiz? Nima yangi narsa olib kirmoqchisiz?

- O'yin uslubi o'zgarmaydi. Katta o'zgarishlarga qo'l urilmaydi. Yoshlarga katta etibor qaratiladi. Iqtidorlar, termaga mos yoshlar ko'p. Akademiyada katta ishlar qilindi. Bizning akademiyadan ko'p futbolchilar termalarga, boshqa jamoalarga taklif qilingan. Yoshlar bilan ishlash men uchun qiziq.


- Yangi mavsumga tayyorgarlik, o'rtoqlik o'yinlaridan qoniqdingizmi? 

- Mavsum oldi tayyorgarlik qiziqarli kechdi. Bu futbolchilarga yaxshi, foydali. Yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib oldik, bu ajoyib imkoniyat hisoblanadi. Ular bilan gaplashib olishim, ko'rib olishim uchun yaxshi vaziyat bo'ldi. Yosh futbolchilar ilk bor "Spartak", "Zenit" kabi raqiblar bilan o'ynashdi.


- Ulug'bek Hoshimov, SHohrux Mahmudxojievlar hujumda muammo bor paytda boshqa jamoalarga berib yuborilishi tushunarsiz holatdek tuyuldi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Aytib o'tgan ikki futbolchingizni boshqa jamoaga borib qo'shilishi tabiiy holat. Gohida futbolchini kelajagi va tajriba to'plash uchun qo'yib yuborish kerak bo'ladi. Umid qilamanki, kuchliroq bo'lib qaytishadi. Demak, bundan tashqari yangi futbolchilar hujum chizig'ida o'ynay olishadi. Eren jarohat olsa yangi ijrochilarni hujumda o'ynatamiz. Transfer oynasi hali yopilmadi. Hujumchi qidirish ishlari davom etmoqda. To'g'ri, o'tgan yilgiga qaraganda hujumda muammo bor. O'ylaymanki, avvalgi mavsumdagidan o'yin uslubida, natijalarda katta farq bo'lmaydi.


- O'tgan yili darvozabonlar bilan muammo bo'ldi. Ushbu muammoni qanday yo'l bilan hal qilmoqchisiz?

- Darvozabon sifatida o'yin paytida 50 ta seyv qilishingiz mumkin. Lekin, bitta xato qilsangiz hamma o'sha xatoni ko'radi, seyvlarni emas. SHuning uchun darvozabon bo'lishni istamaganman. Hujumchi bir nechta xato qilib bitta gol ursa xatolari yuvib ketilishi mumkin. Darvozabonlar yaxshi formada, ular ham xatoga yo'l qo'yishadi.


- OCHL bu yil markazlashgan holatda o'tishi jamoaga qanday tasir qiladi?

- Bundan xabarimiz bor. Qiziqarli tarafi shuki, jamoalar bir-birini ko'rib tayyorgarlik ko'radi. Bunday holatda qulaylik tomoni turnirni o'zida diqqatni jamlash mumkin. Raqiblarni tahlil qila olamiz. Futbolchilarni o'yinlarga tezda tayyorlash imkoni bo'ladi. Parvozlar bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi. Menga yoqmaydigan jihati, katta o'yinlarni o'z maydonimizda o'tkaza olmaymiz. "Al Sadd" bilan o'yinlarda eslasangiz tribunalar to'lgandi, juda ham ajoyib muhit yuzaga kelgandi. Biz o'sha damlarni sog'indik.


- "Paxtakor"ga bu yil Superligada raqobat tug'dira oladigan jamoa bormi?

- Mavsum avvalida qolgan raqiblar qay darajada tayyor ekanligini bilmaysiz. Hammma joyda shunday. Bu futbol, ko'p chempionatlarda birinchi o'rin uchun raqobat qizg'in kechadi. 5-6 turdan so'ng biroz tahlil qilib baho berish mumkin. "Nasaf" jiddiy raqobat tug'dira oladi. Ular bilan ketma-ket ikki bor o'ynaymiz. Manu shu bahslar darajamizni ko'rsatib beradi. AGMK, "Bunyodkor", "Navbahor" jamoalari ham qarshilik ko'rsata oladi.


- OCHL katta turnir hisoblanadi. Bunda uzoqqa borish, qita grandlari bilan bellashish uchun kuchli legionerlar ham zarur...

- Biz har doim o'zimizga to'g'ri keladigan futbolchilarni qidirishga harakat qilamiz. Jamoani kuchaytirish uchun fuqaroligiga qaramaymiz. Futbolchi xorijlik bo'lgani uchun "Paxtakor"ga kelmaydi. Ular o'zbekistonlik futbolchilardan kuchliroq bo'lishi kerak. O'tgan yili o'zbekistonlik futbolchilar jamoamizda ko'p bo'lgan. Osiyoning kuchli jamoalariga qiyinchilik tug'dira olgandik.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Piter Xyuistra ishtirokidagi matbuot anjumanini "Championat.asia"ning yutubdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin

VIDEO, TAS-IX emas



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика