So’nggi yangiliklar

03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  60 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  4 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  1 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  21 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  2 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4 20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  12 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  18 20:16Ўртоқлик ўйини. "Сўғдиёна" Черногория жамоаси билан дуранг ўйнади  2

"Hozirgi kundagi Gonkong terma jamoasi so'ngi 30-40 yildagi eng kuchli tarkibga ega" - Gonkong va Osiyo futboli eksperti bilan suhbat Yangiliklar

"Hozirgi kundagi Gonkong terma jamoasi so'ngi 30-40 yildagi eng kuchli tarkibga ega" - Gonkong va Osiyo futboli eksperti bilan suhbat

JCH-2026 saralash doirasida Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi bahs olib boradi

Ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan Reuters, The Asian Game,  The South China Morning nashrlarida ishlagan va hozirgi kunda OFK jurnalisti sifatida faoliyat olib borayotgan Maykl CHarch bilan suhbatlashdik.  Suhbatdoshimiz Maykl 1996 yildan beri o'tkazilayotgan barcha Osiyo kuboklarida bevosita faoliyat olib borgan. SHuningdek Maykl 7ta "mundial"da ishlagan. Uzoq vaqtdan buyon Gonkongda istiqomat qilayotgan mutaxassis Gonkong terma jamoasining imkoniyatlari. SHuningdek, Gonkong terma jamoasining bosh murabbiyi haqida gapirib o'tdi.



- Salom Maykl, O'zbekiston va Gonkong terma jamoalari so'ngi marotaba 2013 yilda to'qnash kelishgandi. Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda golsiz durang qayd etilgandi, mehmonda esa O'zbekiston 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Oradan 11 yil vaqt o'tdi. Gonkong terma jamoasi hozir qanday holatda? Terma jamoangizning hozirgi tarkibi so'ngi marotaba O'zbekiston bilan o'ynagan tarkibdan kuchliroqmi?

- Ha, ayni paytdagi Gonkong 11 yil avvalgi terma jamoamizdan ancha kuchli. Ishonch bilan ayta olamanki, hozirgi Gonkong terma jamoasi so'ngi 30-40 yildagi eng kuchli terma jamoa. Bunga sababchi terma jamoa bosh murabbiyi Yorn Andersen. Andersen yuqori pressinga asoslangan futbol tarafdori va u terma jamoaga jismoniy jihatdan kuchli futbolchilarni jalb etmoqda. "Ajdarxo"lar yig'inlardan keyin yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Muammo shundaki, Gonkong terma jamoasi futbolchilari Osiyo kubogidan keyingi 6-7 hafta davomida o'z klublarida o'tkazishdi. Gonkong chempionatini esa kuchli deb bo'lmaydi. Hozirgi vaqtda, terma jamoa futbolchilari yaxshi jismoniy holatda bo'lmasligi mumkin.


- Gonkong terma jamoasining JCH-2026 uchun maqsadlari qanday?

- JCH saralashida keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlar deyarli nolga teng. Eron va O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olib, keyingi bosqichga chiqish juda qiyin. Yorn Andersen asosiy maqsad guruhda uchinchi o'rinni egallash, sababi uchinchi o'rin Osiyo kubogi saralashi uchun yaxshiroq imkoniyat beradi. Osiyo kubogi saralashi esa joriy yil sentyabrda start oladi. Bizning asosiy maqsadimiz Osiyo kubogida ketma-ket ikkinchi marotaba ishtirok etish.

- Gonkong terma jamoasi 1968 yildan buyon birinchi marotaba Osiyo kubogida ishtirok etdi. Hanchjou shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida esa kuchli to'rtlikdan o'rin oldi. Ushbu natijalarning sababchisi bosh murabbiy Yon Andersen deb aytib o'tdingiz? Andersen Gonkong futbolini qanchalik o'zgartira oldi? Uzoq vaqtli tanaffusdan so'ng Gonkong futboli yana rivojlanish yo'liga qaytdimi?

- Ha, Yorn Andersen Gonkong terma jamoasi qayd etayotgan barcha yutuqlarning asosiy sababchisi. Andersendan oldingi murabbiy Miksu Paataliyen terma jamoani boshqargan davrda FIFa reytingida faqat pastladik. Andersen hujumkor futbol va yuqori pressing tarafdori. U Gonkong terma jamoasini tubdan o'zgartira oldi. Biroq tarkib bo'yicha muammolar bor. Gonkongda iqtidorli yosh futbolchilar juda kam. Tajribali futbolchilar esa mahalliylashtirilgan braziliyaliklar. Mahalliylashtirilgan futbolchilarning yoshi esa 30dan oshgan. Terma jamoaga yosh futbolchilar zarur, Gonkong kabi kichik shaharlarda esa bu juda qiyin.




- Gonkong chempionati haqida gapirib bersangiz? Mahalliy musobaqa darajasi qanday?

- CHempionat darajasi juda past. Gonkong chempionatida 11ta jamoa ishtirok etadi, ammo liga talablari juda sust. So'ngi yillarda "Kitchi" klubi halqaro maydonda yaxshi natijalarga erishmoqda. osiyo chempionlar ligasi 2022 yilgi mavsumida "Kitchi" o'z tarixida birinchi marotaba pley-off bosqichida ishtirok etdi. Joriy mavsum esa guruh bosqichida ishtirok etdi, ammo o'z ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunladi. Joriy yilgi mavsumda "Kitchi" va "Li Man" jamoalari chempionlik uchun kurashmoqda. Moliyaviy taraflama stabil jamoalar juda kam. Stadionga tashrif buyuradigan muxlislar soni juda kam. TV-translyaciya orqali pul ishlash qiyin.

- Gonkong terma jamoasidagi qaysi futbolchi O'zbekiston himoyasiga ko'proq xavf tug'dirishi mumkin?

- Braziliyalik o'ng qanot vingeri Everton Kamargo. U asli braziliyalik, ammo o'tgan yili Gonkong fuqaroligini oldi. "Li Man" klubi safida yorqin o'yinlar namoyish etmoqda. SHuningdek yarim himoyachi Fillip CHanni kuzatishingizni maslahat beraman.

- Ertangi uchrashuv haqidagi umumiy fikrlaringiz?

- Gonkong terma jamoasi O'zbekistonning saralashdagi ishlarini qiyinlashtirib berishi mumkin. Gonkong terma jamoasi raqibga yuqori bosim qilsa kerak. Lekin 90 daqiqa bunday futbol o'ynash ilojsiz. O'zbekiston mehmonda 2:0 va Toshkentda 3:0 hisobida g'alaba qozonadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика