Holandning Norvegiya U-19 terma jamoasida kiygan libosi 19200 dollarga sotildi
07 noy 2022 00:20
Yangiliklar


Holandning Norvegiya U-19 terma jamoasida kiygan libosi 19200 dollarga sotildi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandning Norvegiya U-19 terma jamoa safidagi libosi kim oshdi savdosida 16 800 funt sterling (19200 dollar)ga sotildi.
Forvard 2019 yilning may oyida 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionatida Norvegiya Gondurasni 12:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda to'qqizta gol urgandi.
Aytilishicha, 5 noyabr kuni soat 21:37 da o'sha o'yinda kiyilgan libos uchun 19 200 dollar [16 800 funt sterling] miqdorida yakuniy taklif bildirilgan.
"Siti"ga kelganidan beri Holand barcha musobaqalarda 17 o'yinda 23 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
02:30
APL. "Manchester Siti" mehmonda "Tottenxem"ni mag'lubiyatga uchratdi. Husanov to'liq o'yin o'tkazdi 54

Fikrlar