Holand nima uchun "Lester"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubormoqda?
29 okt 2022 16:28
Yangiliklar
Holand nima uchun "Lester"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubormoqda?
"Manchester Siti" yulduzi Erling Holand jarohati va o'zini yaxshi his qilmayotgani bois navbatdagi o'yinda maydonga tushirilmadi.
"SHaharliklar" Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Lester" bilan bahs olib borishyapti.
Jamoa ustozi Pep Gvardiola juma kuni o'yindan oldingi matbuot anjumanida norvegiyalik yulduzning holati borasida aniqlik kiritgandi.
"U o'zini yaxshiroq his qilmoqda. Tushdan keyin mashg'ulot o'tkazamiz va vaziyatga baho beramiz. Uning oyog'ini qanday his qilishiga qaraymiz va shundan keyin qaror beramiz", – degan edi mutaxassis.
Gvardiola uning o'rniga 22 yoshli Xulian Alvaresning xizmatlaridan foydalanmoqda.
Fikrlar