So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Hokimlar o'zgarishidan keyin vodiy derbisi qayta tug'iladimi? Yangiliklar

Hokimlar o'zgarishidan keyin vodiy derbisi qayta tug'iladimi?

Teglar :  NeftchiNavbahor
Xayrulla Bozorovni Namangandan Farg'onaga o'tishi, Namanganda sobiq shahar hokimi SHavkat Abdurazzoqovni viloyat hokimiga aylanishi ortidan, biz sog'inib qolgan, biz doim qo'msaydigan vodiyning "dahshatli" o'yini, "Navbahor" - "Neftchi" to'qnashuvini qaytayotganligiga aks sadodek.

Xayrulla Bozorovni "Navbahor"ni yana kuchlilar orasiga qaytara olgani haqida ko'p gapirib o'tirish shart emas. Ko'pchilik uchun SHavkat Abdurazzoqov qiziq bo'lsa ajab emas. Bozorov ketdi, endi "Navbahor" cho'ka boshlaydi deganlar adashadi. Abdurazzoqov futbolga qiziqish bo'yicha avvalgi hamkasbidan sira qolishmaydigan, imkon bo'ldi deguncha o'zi ham to'p tepib turuvchi kishilardan hisoblanadi. 2019 yil To'raqo'rg'onda bo'lib o'tgan "Odil Ahmedov FA"ning ochilish marosimida "Odil Ahmedov" murabbiylar shtabi, "Navbahor" faxriylariga qarshi to'p tepkanlarida, bugungi hokim "Navbahor" safida to'p tepgan va o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan edi. SHunday ekan, "Navbahor" muxlislari hech ham havotir olmasalar bo'laveradi. Aksincha, jamoaning ish sifatida o'zgarish bo'lishi mumkin. 


Farg'onada ish biroz chigalroq. "Neftchi" bugungi kunda quyi ligada faoliyat olib boryapti. "Qo'qon-1912" agar bir amallab OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritib oladigan bo'lsa, shubhasiz Xayrulla Bozorov tomonidan klub baqquvat homiylarga ega bo'lib olishi mumkin. Hozirgi muammo "Neftchi"ni PRO Ligadan "qutqarib" olish. "Dinamo" ustidan qozonilgan safardagi g'alabani esa bu yo'ldagi dastlabki qadam sifatida ko'rish mumkin. "Neftchi" PRO Ligadan chiqa olmagan taqdirida ham, Superligani 16ta jamoaga etkazish vaqti etib keldi deb o'ylayman. Superligada jamoalar qancha ko'p bo'lsa, yoshlarga bo'lgan imkoniyat ko'payishi hech kimga sir emas. 



Afsuski, bugungi kunga kelib "Neftchi"dagi eski tizimdan asar ham qolmagan. Unutilgan klub Qirgulidagi bazadan naryog'iga o'ta olmayapti. Lekin 2020 yil SHuhrat G'aniev tomonidan amalga oshirilgan bitta ishni chetlab o'ta olmayman. Farg'ona futbol associaciyasi uchun viloyatdagi eng katta sport komleksni, to'liqligicha Nosir Otaqo'ziev boshqaruvidagi tashkilotga o'tkazib berganligi alohida takidlab o'tish lozim. Endi Farg'onada bolalar o'rtasida turli xildagi mahalliy va xorij musobaqalarini o'tkazish borasida hech qanday muammo bo'lmaydi. Bundan oqilona foydalanish qoldi xolos. G'anievdan kam bo'lishni istamagan Bozorov esa Namangan futbol associaciyasiga byudjetda ko'rsatilgan puldan tashqari, yana qo'shimcha 250 mln so'mni associaciya binosini tiklab olish uchun o'tkazib berdi. O'zbekiston bo'ylab mana shu ikki hokim qilgan ishni, qolgan bironta hokimlik amalga oshirmaganligi ham ayni haqiqat. Endi esa bu ikki viloyat o'rtasida haqiqiy kurash boshlanadi. Bu bolalar futbolidan to, Superliga jamoalari o'rtasida bo'ladigan o'yinlarni ham o'z ichiga olsa ajab emas.



"Navbahor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi, bizga bolalar futbolida Mirxoldirshoev - Otaqo'ziev raqobatini taqdim etadi. O'tmish yulduzlarining ikkisi ham bugun o'z viloyatlarining birinchi Vice-prezidentlari hisoblanadilar. SHuhrat Mirxoldirshoev bilan so'nggi 2 yil davomida Namanganda juda ko'plab musobaqalarni tashkil qildik. Qozog'istonning top jamoalarini To'raqo'rg'onga yo'naltira oldik. Endi huddi shu ishlarni Nosir Otaqo'ziev bilan hamkorpikda Farg'ona viloyatida amalga oshirishimiz kerak bo'ladi. Biz vodiy futbolidagi tizimni to'g'ri yo'lga qo'yib olsak, O'zbekiston milliy terma jamoasining ishi ancha engillashishini yaxshi bilamiz. 10 mlndan ziyod aholi istiqomat qiladigan bu hududlardagi istedod egalarining sanog'i yo'q. Faqat ularga etishmayotgan yagona narsa, tizimli musobaqaning yo'qligi. Namangan akademiyasi, "Odil Ahmedov FA" stadioni, Farg'onadagi Istiqlol akademiyasini bolalar futboliga taqdim etilishi ketidan, biz o'ylagan maqsadga etishishimiz engillashadi. Undan tashqari, Bozorov va Abdurazzoqov tomonidan ikki viloyat futboli o'rtasida kelishuv memorandumi imzolanadigan bo'lsa, bundan ikki viloyat futboli yutadi. Agar ular orasiga Andijon hokimi qo'shiladigan bo'lsa, ishonavering. 2030 yillarga kelib O'zbekiston chempionini 90-yillar boshida bo'lgani kabi vodiydan qidirasiz. 


Hozir ikkita futbolga qiziqadigan hokimga ega bo'lgan vodiylik muxlislar bir narsani tushunib etishlari kerak. Afsuski mana shu narsani ular xazm qilgilari kelmaydi. Agar Sizning jamoangiz hokim ketsa ham o'zining o'rniga ega bo'lishini istasangiz, 2020-2022 yillar davomida jamoalaringizdan natija kutishingiz kerak emas. Farg'ona ham, Namangan ham katta istedodlarga boy hudud hisoblanadi. Mana shu kelayotgan ikki yil ichida Farg'ona va Namangan o'z joylarida tizimli ishni yo'lga qo'yib olishlari kerak bo'ladi. Hozir qiziqishda tiqiladigan milliardlar ertaga vafo qilmaydi. Agar bu mablag'lar tizimga qaratiladigan bo'lsa, ishoning, yillar o'tgach ham bu ikki viloyatning bosh jamoalari etakchilar qatoridan joy olib turaveradilar.


3 yil oldin yo'lga qo'yishni istagan eng katta loyiham, Vodiy futboli ittifoqini tuzishni ayni payti keldi deb o'ylayman. Aynan shu loyiha orqali hududda bolalar futbolidan, to ikkinchi ligagacha bo'lgan musobaqalarni shakllantirib olishimiz mumkin bo'ladi. Yosh toifasiga qarab, poytaxtdagi kuchli jamoalarni taklif qilish orqali oldinga ikkita qadam tashlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Muxlislar aynan shu narsani tushunib etishlari kerak bo'ladi. 2021 yil jamoalaridan suniy chempionlikni emas, oradan 4-5 yil o'tib barchasi mahalliy kadrlar asosida erishiladigan tabiiy g'alabalar ustida ishlash kerak. Buning uchun "Neftchi"ni cho'kib qolgan bazasini qayta tiklash o'ta muhim. "Neftchi" farm klubi bo'lgan bolalar va o'smirlar klubida bugungi kunda vodiyning eng yaxshi murabbiylari faoliyat olib boryaptilar. Vodiyda men eng hurmat qilgan klubim, ko'cha tilida "Neftchi" DYUSSH deb nomlanadigan sport maktabi hisoblanadi. Bugun u erda "Neftchi"ning sobiq futbolchilari, Aziz Alijonov, Iqbol Akramov kabi yulduzlari faoliyat olib boryaptilar. Umerov Ruslan, Azamat Karimovlarning ishi ham chakki emas. Abdullaev Oybekning jamoasi esa vodiyning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.


Agar mana shu ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yib olsak, 5-6 yil o'tib SHomurodov "Jenoa"da degan xabarlarni ko'pini o'qiysiz!

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика