“Hokim kubogi”: “Cementchi” “Neftchi” yoshlarini mag'lub etdi
04 fev 2016 13:52
Yangiliklar


“Hokim kubogi”: “Cementchi” “Neftchi” yoshlarini mag'lub etdi
Bahsda quvasoyliklar 2:1 natijasida zafar quchishdi.
O'yinda tezkor gol kiritildi. 9-daqiqada Bobur Farxodov “Neftchi-2” foydasiga hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay Birinchi liga vakillari ham to'p kiritishdi. 12-daqiqa o'tib borayotganda Davron Mamatov hisobdagi ko'rinishni 1:1ga olib keldi. Ilk bo'lim shu natija bilan tugadi. Ikkkinchi taym ham shiddatli kurashlarga boy bo'ldi. Aytish kerakki, ikkinchi 45 daqiqalikda xar ikkala jamoada ham gol kiritish uchun bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Mana shunday imkoniyatlardan birini “Cementchi” futbolchisi Ulug'bek Mirzamahmudov 74-daqiqada golga aylantirdi. SHundan so'ng bellashuvda boshqa to'p kiritilmadi. 2:1, “Cementchi” g'alabasi.
“Hokim kubogi”.
“Cementchi” – “Neftchi-2” 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Bobur Farxodov, 1:1 - 12 Davron Mamatov,
2:1 - 74 Ulug'bek Mirzamahmudov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar