“Hokim kubogi-2016”: “Neftchi-2” keyingi turda “Qizilqum”ga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2016, 08:09
“Hokim kubogi-2016” doirasidagi mazkur bahsda Bahrom Haydarov jamoasi “Qizilqum” bilan bellashadi.

Aytish kerakki, “Neftchi-2” va “Qizilqum” jamoalari turnirdagi ilk bahslarida durang natija bilan cheklanishdi. Muxlislar ulardan navbatdagi turda yanada yaxshiroq natija kutishlari tabiiy. “Neftchi-2” yoshlar jamoasini bugun Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi jiddiy raqobat kutmoqda. Taqvimga ko'ra, 2-tur doirasidagi uchrashuv 30 yanvar kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tadi.

“Neftchi” PFK barcha muxlislarni mazkur o'yinga chorlab qoladi!

Qirguli. 30 yanvar. “Neftchi” SK stadioni. Soat: 15:00.
“Neftchi-2” (Farg'ona) – “Qizilqum” (Navoiy).

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz