Hojimat Erkinov: "Terma jamoadan chaqiruv olganimni qadrlayman"
11 noy 2022 18:04
Yangiliklar
Hojimat Erkinov: "Terma jamoadan chaqiruv olganimni qadrlayman"
"Torpedo" va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov Rossiya terma jamoasi bilan bo'lajak o'rtoqlik o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Zenit" bilan o'yindan so'ng terma jamoa ixtiyoriga etib boraman. U erda Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlarimiz bor. Men bu chaqiruvni juda qadrlayman va bormasam bo'lmaydi, chunki O'zbekiston – mening vatanim va men terma jamoaga yordam berishim kerak", – dedi Erkinov.
20 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.
O'zbekiston terma jamoasining Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi malum
Fikrlar